Alonso: "Ilk bor "Kamp Nou"da ko'rinish beraman"
12 mar 2018 11:55
Yangiliklar


Alonso: "Ilk bor "Kamp Nou"da ko'rinish beraman"
Ispaniyaning "Barselona" klubi o'z uyida ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan javob uchrashuvida Londonning "CHelsi" jamoasini qabul qiladi.
Ushbu bahs oldidan "CHelsi" jamoasi futbolchisi Markos Alonso o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu men uchun maxsus o'yin. "Real" tarkibida uzoq vaqt faoliyat olib bordim, endi esa birinchi marotaba "Kamp Nou"da ko'rinish beraman. Biz g'alaba qozonishimizga ishonishimiz kerak. Meni bobom "Real"da o'ynaganida oson bo'lgan degandi. O'shanda u Di Stefano, Gento va Pushkashga to'pni uzatgan. U himoyachi bo'lgan", - deydi Markos Alonso
O’xshash yangiliklar

Fikrlar