Alli: “Biz Keynsiz ham o'ynay olishimizni isbotlaganmiz”
21 jan 2020 01:14
Yangiliklar
Alli: “Biz Keynsiz ham o'ynay olishimizni isbotlaganmiz”
“Tottenhem” yarim himoyachisi Dele Alli jamoadoshi Harri Keynning jarohati haqida gapirdi.
“Keyn fantastik futbolchi, uni maydonga tezroq qaytishini istayman. Ammo biz Harrisiz ham o'ynashimiz mumkin. Ayrim insonlarning xotirasi qisqa. Keyn so'nggi bor yozda jarohatlanganida, biz u siz ECHL finaliga qadar etib borgandik. “Tottenhem” jamoa, u bir futbolchiga bog'lanib qolgan emas” deya Allining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.
Eslatib o'tamiz, Harri Keyni APL 21-turi doirasida (01.01.2020) “Sautgempton”ga (1:0) qarshi bahsda jarohat olib, 75-daqiqadan maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.
Fikrlar