Allegri: "Yuventus" hali A Seriya g'olibi bo'lmadi"
27 apr 2017 19:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/250884_original.jpg)
![](/upload/storage/250884_220.jpg)
Allegri: "Yuventus" hali A Seriya g'olibi bo'lmadi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atalanta"ga qarshi bo'lib o'tadigan A Seriyaning 34-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Ertaga bu o'yin uchnu eng yaxshi futbolchilarni tanlayman, ularning hammasi yaxshi holatda. Bizda so'nggi bahsdan so'ng 5 kun vaqtimiz bor edi. Ertaga ikki muhim uchrashuvdan biri bo'lib o'tadi.
Biz uchun bu bahs qiyin bo'ladi: Ochko to'plash uchun xatoga haqqimiz yo'q. "Atalanta" Jan Pero Gasperini qo'l ostida mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. Hozircha hech narsa yutganimiz yo'q. "Roma" bilan farqni ushlab qolish uchun g'alaba qozonish lozim" - deydi Allegri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar