Pulishich "Milan" – "Lacio" o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
28 noy 2025 16:55
Yangiliklar
Pulishich "Milan" – "Lacio" o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri vinger Kristian Pulishich "Lacio"ga qarshi Italiya chempionati 13-tur o'yinini o'tkazib yuborish ehtimoli yuqori.
"Pulishichning maydonga tushish ehtimoli kam, garchi o'yinga hali 2 kun bor va hamma narsa bo'lishi mumkin", – dedi Allegri.
Italiya OAVning xabar berishicha, 27 yoshli amerikalik 26 noyabr kuni mushaklaridagi engil noqulaylik tufayli mashg'ulotlarni tark etgan. U ilgari son mushaklari jarohatidan tuzalgandi.
"Milan" 29 noyabr kuni "Lacio"ni qabul qiladi. Pulishich Italiya chempionatining 12-turida "Inter"ga qarshi derbida maydonga tushib, yagona golni urgandi.
Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 10 o'yinda 7 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, Milan derbisi 29 noyabr kuni 00:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar