Pulishich "Milan" – "Lacio" o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025, 16:55
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri vinger Kristian Pulishich "Lacio"ga qarshi Italiya chempionati 13-tur o'yinini o'tkazib yuborish ehtimoli yuqori.

"Pulishichning maydonga tushish ehtimoli kam, garchi o'yinga hali 2 kun bor va hamma narsa bo'lishi mumkin", – dedi Allegri.

Italiya OAVning xabar berishicha, 27 yoshli amerikalik 26 noyabr kuni mushaklaridagi engil noqulaylik tufayli mashg'ulotlarni tark etgan. U ilgari son mushaklari jarohatidan tuzalgandi.

"Milan" 29 noyabr kuni "Lacio"ni qabul qiladi. Pulishich Italiya chempionatining 12-turida "Inter"ga qarshi derbida maydonga tushib, yagona golni urgandi.

Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 10 o'yinda 7 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Milan derbisi 29 noyabr kuni 00:45 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN