Menyan 2026 yilda erkin agent bo'lishi mumkin. Allegri bu borada nimalar dedi?
28 noy 14:39
Yangiliklar
Menyan 2026 yilda erkin agent bo'lishi mumkin. Allegri bu borada nimalar dedi?
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri darvozabon Mayk Menyanning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
30 yoshli franciyalikning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. U yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin.
"U har doim eng kuchli darvozabonlardan biri bo'lgan, shuning uchun uning muvaffaqiyatidan hayron emasman. Uning shartnomasiga kelsak, klub barqarorlikni taminlash uchun buning ustida ishlamoqda", – dedi Allegri.

Menyan 2021 yildan beri "Milan"da. U ushbu mavsum barcha musobaqalarda 13 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol o'tkazib yubordi va 7 o'yinda darvozasidan to'p olib chiqmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar