"Ronaldinoni sotib yuboring, bugun ertalab mashg'ulotga o'z vaqtida keldi". Allegri "Milan" vice-prezidentiga nima degan edi?!
04 dek 2025 14:47
Yangiliklar
"Ronaldinoni sotib yuboring, bugun ertalab mashg'ulotga o'z vaqtida keldi". Allegri "Milan" vice-prezidentiga nima degan edi?!
"Milan" klubining sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani Ronaldino sabab Massimiliano Allegri bilan yuzaga suhbatlari haqida gapirib o'tdi.
"Allegri har kuni menga qo'ng'iroq qilib, Ronaldinoning mashg'ulotga kech kelayotganidan, tungi hayotga berilib ketganidan va deyarli uxlamasligidan shikoyat qilardi.
Bir kuni u odatdagidan ham battar jahli chiqib qo'ng'iroq qildi. "Tamom, sabrim tugadi! Ronaldinoni sotib yuboring, bugun ertalab mashg'ulotga o'z vaqtida keldi," - dedi.
Men tushunmay qoldim va so'radim: "Mashg'ulotga erta kelganining nimasi yomon? Axir siz xohlagan narsa shu emasmi?"
U esa javob berdi: "U vaqtida keldi… lekin to'g'ri tungi klubdan kelgan".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar