Allegri MYUda ishlashi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
28 dek 2018, 21:40
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi borasidagi savollarga oydinlik kiritdi.

"Yuventus"da baxtliman. Hozirda jamoadagi o'yinni sanat darajasiga olib chiqishga harakat qilyapmiz. Shu ruhda davom etmoqchimiz. Mavsumning yarmidamiz. Iyungacha, mavsum yakunlanguniga qadar hali vaqt bor. Shu boisdan "Yuventus"dan ketish borasida o'ylash mumkin emas", - dedi Allegri "Football Italia" nashriga.

Oldinroq tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Allegri "Manchester Yunayted" boshqaruvini o'z qo'liga olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia