So’nggi yangiliklar

22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи экрин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  4 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  17 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  18 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  13

Allegri faoliyati davomida amal qilgan qoidalari haqida kitob yozdi Yangiliklar

Allegri faoliyati davomida amal qilgan qoidalari haqida kitob yozdi

Uning kitobi futbolga oid qonun-qoidalar to'plami bo'ldi. U o'yinni tahlil qilish uchun unga bor yo'g'i 15 daqiqa kifoya ekanini ham tushuntirib berdi.

Hayotiy voqealarga oid falsafiy tezislar

Aprel oyida Massimiliano Allegrining “Bu juda oson” nomli kitobi chop etildi. Ushbu asar futbolchi hamda murabbiylar nomi ostida nashr qilingan kitoblardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, asar butunlay Maksga tegishli. Sababi ish jarayonida unga hech bir jurnalist va yozuvchi yordam bergani yo'q. Ikkinchidan, Allegrining kitobi – hayotidagi voqealar aks etgan avtobiografiya emas. U — murabbiyning faoliyati mobaynida paydo bo'lgan qoidalar to'plami.

Kitobda umumiy 32ta qoida bor. Biz shulardan eng muhim 8tasini etiboringizga taqdim etmoqchimiz.

Bizga qancha kam narsa o'rgatishsa, shuncha ko'p narsani o'rganamiz

2018 yil yozda “Yuventus” bilan U23 jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Allegri tajriba o'tkazib ko'rdi: o'yinchilar sxemasini tuzmadi va ularga taktik tomondan hech qanday yo'nalish bermadi. Murabbiy jamoaga vazifa berilmaganda ularning joylashuvi qanday bo'lishi va o'yinchilar qay holatda harakatlanishini kuzatish unga qiziq tuyuldi.

Dastlabki 15 daqiqada ular juda qiyin o'tdi. Men hech qanday fikr bildirmadim, shunchaki tomosha qilib turdim, – deydi Allegri. – Keyin Daniele Rugani sheriklariga buyruq berib, ularni joylashtirayotganini payqadim. U bu ishni o'z-o'zidan bajardi va konstruktiv o'yin tashkil qilishga harakat qildi, muhim qarorlar qabul qila boshladi. Men aynan shu narsani kutgan edim. Bir tarafdan, tanlash imkoniyatini futbolchilarning o'ziga qo'yib berish kerak. SHuningdek, ularni qatiy sxemalarda o'ynashga majbur qilmasdan, o'zlarini kashf qilishlari uchun imkon yaratish zarur”.

Allegrining so'zlariga qaraganda, bunday koncepciya bolalar bilan ishlashda qanchalik yaxshi ish bersa, professionallarga ham shunchalik foydali bo'ladi. U futbolchilarni murabbiylarning g'oyalari bilan tarbiyalashini — ota-ona bolasiga krossovkaning bog'ichini qanday bog'lash kerakligini o'rgatgan jarayonga o'xshatadi. “Bolaga vazifani ko'rsatish kerak hamda u asosiy ko'zlangan maqsadni tushunganiga ishonch hosil qilish darkor, – yozadi Massimiliano. – Ammo siz o'rgatayotgan “bog'lash” metodi unga to'g'ri kelmasligi, bolaga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. SHuning uchun, o'zi improvizaciya qilishiga qo'yib bering. Eng asosiysi, u maqsadiga erishsin va ijobiy natija bo'lsin. Agar oyoq kiyim bog'ichini 10dan ortiq usul bilan bog'lash mumkin deb birma-bir sanay boshlasangiz, uni chalkashtirib yuborishingiz mumkin”.

Oddiylik – eng mushkul narsa

Allegri CHempionlar Ligasi (2015/16) 1/8 finalining birinchi bahsida “Bavariya”ga (2:2) qarshi o'yinni yodga oladi. Uning so'zlariga qaraganda, Pep Gvardiola qo'l ostidagi o'sha jamoa tengi yo'q klub edi. Ular hattoki, turnir g'olibi bo'lgan “Real”dan ham kuchliroq ekan. Ammo “Yuve” ajoyib formada bo'lgan "Keksa sinora" turnirni muvaffaqiyatsiz boshlagan bo'lishiga qaramay, chempionatning birinchi pog'onasiga chiqib oladi. Ular Rojdestvodan keyin 19ta gol urib, atigi bitta gol o'tkazib yuborgan. Uchrashuvdan oldin Allegri optimist bo'lgan: “O'yin uslubi juda oddiy. Himoya chizig'idan to'pni havoga ko'tarmay (erdan to'p oshirish orqali) olib chiqamiz. Manjukich yo orqaroqqa qaytadi, yo qanotga qarab harakatlanadi va shu yo'l orqali o'zi bilan himoyachini olib ketib, bo'sh zona ochib beradi.

Ammo birinchi taymda bu g'oya ish bermadi. HECH NARSA O'XSHAMADI. Biz haqiqatdan ham juda oddiy harakat qilgandik. Robben, Kosta, Tiago, Vidal va Alaba esa bizni "yanchib tashlagandi". Biz maydonning yarmiga ham kela olmadik. Ammo faqat taym so'ngida gol o'tkazib yubordik. Men hattoki Myullerning golini ko'rmay ham qoldim. O'sha payt kiyinish xonasiga kirib nima deyish va qanday taktika qo'llash zarurligi haqida o'ylardim”.


Massimiliano 15 daqiqalik tanaffus vaqtida murabbiy o'yinchilari bilan gaplashib o'tirolmasligini takidlaydi. Lekin ko'pchilik buni bilmaydi. Futbolchilarga faqat eng muhim gapini aytib olishi uchun bosh murabbiyga bor yo'g'i 3 daqiqa berilar ekan.

“Men yigitlarning ko'zlariga qarab, umidsizlikni ko'rganim yo'q. To'g'ri, ular tushkunlikka tushgandi, biroq taslim bo'lish niyatlari yo'q edi. SHunda mening oddiy so'zlarim ularga ijobiy tasir qilishini tushungan edim. Allegri ularga shunday degan edi: “Siz muvaffaqiyatga ishonasiz, buni bilaman. Agar qatiyatli bo'lsangiz, hammasi yaxshi bo'ladi. G'olib bo'linglar! Sizlar raqibda ancha yuqoridasiz va jismoniy jihatdan ham kuchlisiz. Maydonga tushib, aslida qanday o'yinchi ekaningizni “Bavariya”ga isbotlab bering!"

Ikkinchi taymda “Yuve” yana gol o'tkazdi. Ammo Paulo Dibala va Stefano Sturaroning gollari tufayli durang natija qayd etildi. “Uyda — 2:2. Ha, bu xursand bo'lishga arziydigan natija emas, – deydi Allegri. – Ammo bu hisob ham o'sha payt biz uchun juda muhim edi. Jamoa meni shunchaki eshitmaganidan xursand bo'ldim. Ular so'zlarimga quloq solib, barcha aytganlarimni qilishgan edi. Bilasizmi, o'shanda turli xil qiyin taktikalar emas, balki futbolning oddiy bir yozilmagan qonuni bizni mag'lubiyatdan saqlab qolgan edi”.

Menga robotlar emas, fikrlaydigan o'yinchilar kerak

“Menga yosh bolalar jamoasi murabbiylari o'yinchilariga qanday buyruq berishini aytib berishgandi, – yozadi Allegri. – “Mana bu nuqtagacha bor, to'pni “to'qqizinchi raqam”ga oshir, u esa “ettinchi”ga pas bersin. Bu vaqt ichida “ikkinchi” qanot tomonga yugurib to'pni ushlab olsin va hujumchiga uni havodan etkazib bersin”. Bularni 12 yoshli bolalarga aytishadi! Men esa shunday buyruqlarni eshitsam, jaxlim chiqib ketadi.

Xop, o'sha payt gol urish uchun “to'qqizinchi”ning o'zida ajoyib imkon bo'lsa-chi?! Nega endi “ettinchiga” pas berishi kerak? Murabbiy shunday degani uchunmi? “10-raqam” 3tasini aldab o'tib, gol ura olsachi? Xo'sh, shunday payt “sakkizinchi”ga to'pni oshirib berish shartmi? Sababi, kecha bo'lgan mashg'ulotda bu usulni 5 marotaba mashq qilishganimi? SHunday vaqtlarda hech kim qaysidir usul o'xshamay qolishini inobatga olmaydi – bu robotlar uchun boshqotirma. A Seriyadagi shunday “g'oyalar” mening asabimga tegadi. Murabbiy o'yinchilarning ijodkorligi hamda tashabbuskorligini yo'qqa chiqarishi mumkin. Ular himoyachilarni hujumchini ikki kishi bo'lib qarshi olish va bir-birlaridan qolayotgan bo'sh nuqtani yopib borishga o'rgatishadi. Raqib bilan birga-bir qolgan himoyachi esa nima qilishini bilmay qoladi”.

Allegrining fikricha, akademiyalarning asosiy qismi qaror qabul qila olmaydigan va murabbiylarga bog'lanib qolgan “robotlar” tayyorlab berayotgan ekan. "Menga tirik, yaxshi fikrlaydigan futbolchilar kerak", – deydi Maks.

Hissiyotlaringa ishon. Lekin nimadandir tasirlangan paytingda emas!

O'zini qiziqqon murabbiy deyishlari Allegrini kulgisiga sabab bo'ladi. Maksning aytishicha, u his-tuyg'ularini yaxshi boshqara oladi va hissiyotlarga unchalik ham ishonmaydi. Ammo murabbiy fikricha, uning bor kuchi ham aynan shunda ekan – u o'zini juda yaxshi biladi.

“O'zini va birga ishlaydigan odamlari qanaqa ekanini bilish — futbolda muhim. Bir kuni Adriano Galliani menga shunday dedi: “Nima deb o'ylaysan, biz nega Silvio Berluskoni bilan 30 yildan beri faoliyat yuritamiz? Sababi u nima demoqchiligini men yaxshi bilaman”, – gapirib berardi Massimiliano.

Agar jamoa mag'lub bo'layotgan vaqtda, murabbiy to'g'ri qaror qabul qilib, aniq yo'lni tanlay olsa, ular g'olib chiqishiga Maksning ishonchi komil ekan. Lekin asabiyligini enga olmasa mag'lub bo'lishlari ham hech gap emas. U o'zini amaliyotchi-murabbiylar qatoriga qo'shadi. U uchun instinktlar muhim. “Men o'yinni 24 soat ko'rsam ham, uni tahlil qila olmayman. Lekin eng muhim jihatini tushunishim uchun 15 daqiqa menga etarlidir”.

Mag'lubiyatlardan keyin Allegri ikki statistik ko'rsatkichga etiborini qaratadi: qoida buzishlar soni va havodagi yutilgan kurashlar. “Qoidabuzarliklar qancha ko'p bo'lsa, biz to'pga shuncha yaqin bo'lamiz, – tushuntiradi u. – Siz tajovvuzkormisiz? Demak hali o'yin ichidasiz. Qolgan narsalar esa unchalik muhim emas”.

Hissiyotlar mavzusiga qaytar ekan, Massimiliano quyidagi o'xshashlikni keltiradi: “Agar masofani shartli ravishda 1000 metr deb belgilasam, barcha futbolchilar 900 metrgacha ozmi-ko'pmi nima qilish kerakligini biladi. Oxirgi 100 metrda esa farqliklar kelib chiqadi. O'zida sovuqqonlik, hissiyotlariga ishonadigan va qaror qabul qila oladigan o'yinchilar ham topiladi. Aynan shu narsa, sxema hamda tahlil emas (!), ularni yaxshi hamda buyuk futbolchilar sirasiga ajratishda yordam beradi”.

G'alaba qozonish uchun imkoniyatdan foydalanib qol

“Masalan, yaxshi o'yinchi kazinoda qachon g'alaba qozonish uchun imkon etarli ekanini biladi, – shunday hisoblaydi Allegri. – Futbolda ham deyarli shunaqa. Kerakli lahzani ushlab qolish zarur”. So'zlariga isbot sifatida u quyidagi voqeani misol qilib keltiradi: CHempionlar Ligasida (2017/18) “Tottenxem”ga qarshi javob uchrashuvi: Ular bilan Turinda 2:2 hisobda durang o'ynadik. Londonda esa mezbonlar 1:0 bilan oldinda edi. Birinchi taym tugadi.

“Oldinga chiqib olish uchun esa biz to'p o'tkazmay, 2ta gol urishimiz kerak edi. Xo'sh, mana shunday vaziyatda nima qilish kerak? Men ikkita tezkor o'yinchini maydonga tushurishga, qanotni kuchaytirishga harakat qildim. Benatiyani safdan olib, Bardzalini markazga qo'ydim. O'ng qanotga Lixtshtaynerni,  chap qanotga esa Asamoani (Matyuidining o'rniga) tushurdim. Bu tavakall qilingan taktika edi. Ammo men buni to'g'ri qilgan edim. Kazinoda ham atigi 15 daqiqa o'ynaysiz va shu vaqt ichida yo salbiy, yo ijobiy natijaga erishasiz”, – yozadi Allegri.

Maydonga Lixtshtayner tushganidan 3 daqiqa o'tib, Iguainga assistlik qildi. Yana 3 daqiqadan keyin Dibala ikkinchi golni urdi. “Agar men shu o'yinchilarni aynan o'sha vaqt maydonga tushurmaganimda, “Yuventus” ECHLdan chiqib ketgan bo'lar edi”, – deydi ishonch bilan Maks.

Murabbiy jamoada hukmron emas, avtoritetga ega bo'lishi kerak

Allegri "Yuventus"dagi ilk mavsumini va 2014/15 yilgi mavsumdagi "CHezena"ga qarshi o'yinni (2:2) yodga oladi: "Fevral, biz CHezenaga yo'l oldik – o'z o'yinida durang o'ynagan "Roma"dan qochib ketish uchun ajoyib imkoniyatga ega edik, – deydi Massimiliano. – Mezbonlar dastlabki daqiqalardan agressiv futbol namoyish qildi va bizga o'ynashga imkon qoldirishmadi. OAV o'yindan oldin takidlaganidek, "o'lja" bo'lish niyatlari yo'qligini isbotlab qo'yishdi. Pirlo xato qildi va biz birinchi bo'lib gol qo'yib yubordik. Lekin jamoa o'zini yo'qotib qo'ymadi va tezda hisobni tenglashtirdi hamda oldinga o'tib oldik. Lekin yana gol qo'yib yubordik, o'yin oxirida esa penaltidan ura olmadik. Qisqasi, ko'zlangan niyatimizga etmadik".

"O'yindan so'ng men futbolchilarga ularning elkasidagi masuliyatni eslatishga harakat qildim. Hotirjam edim va biz birga o'yinni tahlil qildik. Qatiy gapirsam ham hech kimni ayblamasdim. Qo'l ostimda tajribali futbolchilar to'plangandi. Ular shundoq ham etarlicha talabchan edilar va bunday natija qoniqarsizligini tushunib turardilar. Men o'z hukmronligimni namoyish qilishimga esa hojat yo'q edi. SHunchaki o'z avtoritetimni yodga solib qo'ysam kifaya edi", – tushuntiradi Allegri.

Mutaxassis so'zlariga ko'ra, u "Yuventus"ga kelganida uni muntazam ravishda Antonio Konte bilan solishtirishardi. Avvalgi murabbiy qattiqqo'l bo'lgani, barcha narsani yaxshi idora qilganini, Allegrining xarakteri esa nisbatan yumshoqligini takidlashardi. "Meni ovozini balandlatmay ko'p narsa o'rgatgan murabbiylarim bo'lgan. Ammo qattiq baqirgan, lekin foydasiz harakat qilganlari ham bor edi, – deydi Massimiliano. – Konte, albatta ikkinchi toifaga kirmaydi, biroq futbolchilardan ustunligingizni ko'rsatishga urunish doim ham to'g'ri qaror bo'lavermaydi".

Qanchalik qoniqish hissi kuchli bo'lib bo'shashsangiz, g'alaba qozonish imkoniyatlari shu qadar past bo'ladi

Allegri bu qoida nafaqat futbolda, balki sportning istalgan turida amal qilinishi darkorligini takidlaydi. Uning fikricha jamoani doimo yuqori sport formasida ushlab turish va bo'shashib, to'xtab qolishga imkon bermaslik zarur. Bunga Massimiliano 2018/19 yilgi mavsum Italiya Kubogi doirasida "Yuve" - "Atalanta"ga mag'lub bo'lgan (0:3) o'yinni misol qilib keltiradi. "Atalanta" maydonida o'yin o'tkazish doimo og'ir. Bu safar esa menda qo'shimcha qandaydir havotir bor edi, – deydi Allegri. – Kubok o'yinidan uch kun avval biz Rimda, qiyinchiliklarga qaramay, "Lacio"ni engdik. Ular birinchi bo'limda uchta emas, bor yo'g'i bitta gol urgani bizning omadimiz edi".

"Men xato qildim. Futbolchilarni o'z xoliga qo'yib qo'ydim, ular esa katta ehtimol bilan: "Lacio"ni engdik-mi, demak bu erda ham g'alaba bizniki deb o'ylashgan". "Atalanta" bizga umuman imkon qoldirmadi – 0:3. Biz himoyada kamida ikkita o'ta qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Ha, himoya chizig'ida yo'qotishlar bor edi: Bonuchchi, Bardzali, Benatiya. Qisqa vaqt ichida Kellini ham jarohatlandi. Lekin bu bahona bo'la olmasdi. Biz yomon o'yin namoyish qildik, yarim finalga chiqishga loyiq emasdik. Bu mag'lubiyat bizning foydamizga ishladi desam bo'ladi. Bizni osmondan erga tushirib qo'yishdi".

Tahlil vaziyatga oydinlik kiritadi, fikrni singdirish esa kuch beradi

Allegri tahlillarga tayangan holda, raqib harakatlari borasida aniq ko'rsatmalar berishi har doim ham to'g'ri emas. Uning fikricha, murabbiy malum raqibga qarshi malum bir vaziyatda qanday harakatlanishni aniq, tushunarli qilib aytib berishi mumkin. Lekin bu ijobiy natija keltiradi degani emas. Ana shunday vaziyatlarda hissiyotlaringizga murojaat qilishingiz, futbolchilarni ruhlantira olishingiz zarur.

Massimiliano 2011/12 yilgi mavsumda "Lechche" – "Milan" bahsini yodga oladi: Birinchi bo'limdan so'ng, jamoa 0:3 hisobida ortda qolayotgandi. "Tanaffusda men o'zimni tutib tura olmadim. Qo'limdan kelgancha baqirdim. Rejam ish bermagani kundek ravshan edi. Deyarli "o'lib bo'lgan" jamoaga yangi hayot, yangi ruh berishga harakat qildim".

Allegri Boateng va Akvilani o'rniga Robino va Ambrozinini maydonga tushirdi. Kevin-Prins xet-trik qayd etdi, yana bitta gol himoyachi Mario Yepes hisobiga yozildi. "Milan" 4:3 hisobida g'alabani tantana qildi. “O'shanda tahlil ish bermagan, lekin ruhiy tasir o'tkazish foyda bergan, – yozadi Maks. – Raqib o'sha-o'sha edi. Ammo birinchi taymda ular 3:0 yutgan bo'lsa, ikkinchi bo'limni 0:4 hisobida yutqazishdi. Buni taktika, texnik ko'rsatkichlar bilan tushuntirib bo'lmaydi. Bu faqatgina psixologiya bilan bog'liq. Bazida esa bu eng muhimi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика