Allegri Dibalaning "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishini xohlaydi
28 may 2021 13:36
Yangiliklar
Allegri Dibalaning "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishini xohlaydi
"Yuventus" bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan Massimiliano Allegri jamoa forvardi Paulo Dibalaga ishonch bildirmoqda.
Mutaxassis klub rahbariyatidan shartnomani uzaytirish uchun o'yinchining vakillari bilan muzokara o'tkazishni so'radi.
Argentinalik futbolchi va Turin klubi o'rtasidagi amaldagi bitim 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Dibala o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar