Alisson ertaga "Liverpul"ga yordam bera olmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
6 mar 2020, 19:27
"Liverpul" darvozaboni Alisson mushaklaridan jarohat olgan va ertaga bo'lib o'tadigan "Bornmut"ga qarshi o'yinda qatnasha olmasligi kutilmoqda.

Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp bergan ma'lumotlarga ko'ra, posbon "Chelsi"ga qarshi o'yin arafasida jarohatlangan va shu boisdan o'yin qaydnomasiga kiritilmagan.

"Bornmut"ga qarshi bahsda uning o'rnini Adrian egallaydi.

"Liverpul" - "Bornmut" uchrashuvi ertaga, 7 mart kuni 17:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express