So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Alisher Uzoqov: "Bu kabi musobaqalar doimiy o'tkazilib turilishi tarafdoriman" Yangiliklar

Alisher Uzoqov: "Bu kabi musobaqalar doimiy o'tkazilib turilishi tarafdoriman"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada "Sanatkorlar" jamoasi safida o'ynagan taniqli aktyor, rejissyor Alisher Uzoqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- O'yinlarimiz haqida fikrlarim uncha yaxshi emas. Musobaqadagi o'yinlarimizni yutqazdik (kuladi). Birinchi o'yinda yirik hisobda mag'lub bo'ldik. O'yinlar vaqti bizlarga noqulaylik tug'dirmoqda. CHunki bu paytda ijod ahli asosan uyda dam olayotgan bo'ladi. Oyoqlarimiz hali ham uyquda (kuladi). Ushbu musobaqa orqali boshqa turli xil kasb egalari bilan birga o'ynamoqdamiz. Do'stlarimizni ko'rmoqdamiz. Yangi tanishlar orttirmoqdamiz, eski tanishlarni diydorini ko'ryapmiz. Sport odamlarni birlashtiradi deyiladi, bu ayni haqiqatligi yana bir marotaba isbotini topmoqda. Sport yaxshilikka xizmat qilmoqda.
O'tgan safargi turnirda Ravshan Ermatov boshchiligidagi "Hakamlar" jamoasi iliq taassurot qoldirgandi. Bu galgi musobaqada Oliy sud sudyalarini alohida etirof etgan bo'lardim. SHuningdek, musobaqada yangi kelib qo'shilgan "Osiyo" jamoasi juda kuchli ekan. Bundan xabarim yo'q edi. Biz va jurnalistlar jamoasi autsayderlar qatorida ekanmiz. Futbolda jismoniy tayyorgarlik juda muhim ahamiyatga ega. Avvalgi sport formamni ancha yo'qotib qo'yganim pand bermoqda. Odam futbol o'ynashni yaxshi bilgani bilan, uning jismoniy tayyorgarligi joyiga bo'lmasa, miya buyuradigan vazifani bajarish qiyin bo'larkan. Bu kabi musobaqalarni o'tkazib turilishi juda quvonari holat. Gap natijada emas, turli kasb vakillari o'zaro birlashishlariga ham sport, xususan futbol yaxshigina xizmat qilmoqda. Umid qilamanki, ushbu musobaqa davomiy o'tkazilib turiladi. Agarda shu kabi turnirlar o'tkazilaverilsa, o'ylaymanki biz ham tezda o'z sport formamizni tiklab olamiz. SHundan so'ng avvalgidek gollar urishni boshlab yuboraman va bu musobaqa sport formamni tiklashimga o'z hissasini qo'shgan bo'ladi (kuladi). O'zbekiston futzal terma jamoamizga esa Osiyo chempionatiga omad yor bo'lishi tilab qolaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика