So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  0 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

Alisher SHog'ulomov: "Ibrahim Tomivani O'zbekistonda faqat bitta klubga qo'yib yuborishimiz mumkin" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Ibrahim Tomivani O'zbekistonda faqat bitta klubga qo'yib yuborishimiz mumkin"

PRO-Liga 2-turidan o'rin olgan "Turon" - "Oq-tepa" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Oq-tepa" klubi raisi Alisher SHog'ulomov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ko'rdinglar, o'yin juda qiziqarli bo'ldi. Agar stadionda muxlislar bo'lganida yanada qiziqarli bo'lishi turgan gap edi. Endi bu futbol, 80 foiz o'yin bizning qo'limizda edi, lekin bitta gol kirib ketib qoldi. O'ylaymanki, bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

PRO-Ligada endigina 2-tur o'tkazildi. Jamoamiz azolari o'yinlarga to'liq tayyor deya olmayman. Karantin vaqtida tanaffus yuzaga keldi. Hamma yigitlarda xolat bir xil emas.

"Turon" jamoasi stadioni juda zo'r ekan, saviyasi ham top klublar darajasida. Bilasizmi, negadir biz o'yindan oldin mashg'ulotga chiqqanimizda maydonning yarmiga suv sepishdida, biz mashg'ulot o'tkazgan tomonga sepishmadi. Suv sepgandan keyin hamma joyga birdek sepilishi kerakda. Bu arzimagan kichik holat, bu bilan mag'lubiyatga bahona izlamoqchi emasman, balki shu sabab bo'lib yutishgandir? (kuladi)

To'g'ri, legioner futbolchimiz Ibraxim Tomiva dastlab qaydnomada zahirada edi. Lekin yosh futbolchimiz Diyor o'yindan oldin oyog'ida og'riq sezdi. Aslida Ibraximni ikkinchi taymda tushirishni maqsad qilgandik. Yosh futbolchimiz tayyor bo'lmagani tufayli legioner futbolchimizni asosiy tarkibda tushirishga majbur bo'ldik.

To'g'risini aytsam, "Turon"ni juda batafsil o'rganib chiqmadik. Bilardik, o'z maydonida kuchli o'ynaydigan jamoa. Hozirgina bildim, Murod Ismoilov shu erda ekan, u kishining jamoaga kelgani o'yinda sezilib turibdi. Nasib bo'lsa, keyingi o'yinlarda o'zimizni ko'rsatamiz.

Legioner futbolchimiz Ibraxim Tomiva haqida ko'p gapirishmoqda. Ayni damda u hali juda top darajada futbolchi emas. Superliga klublaridan nafaqat unga, balki jamoamizning boshqa vakillariga qiziqish bor. O'zbekistonda biz kabi futbol o'ynaydigan yana ikki jamoa bor, "Bunyodkor" va "Paxtakor".

Bizda Tomivaga raqobat qiladigan yana bir hujumchimiz bor. Vaqt o'tib u o'yinlarga tayyor bo'lsa, mabodo Ibragimni boshqa jamoaga o'tishiga ruxsat bersak, faqatgina "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin.

Klubimizning maqsadi har bir o'yinda g'alaba qozonish, turli yoshdagi terma jamoalartmizga munosib futbolchilarni tayyorlash. Superliga yo'llanmasi ? Hali endi 2-tur, o'yinlar davomida bu o'z-o'zidan ko'rinib boraveradi", - deydi SHog'ulomov. 



Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика