Alisher Nikimbaev: Qatarda uzoq vaqt ishlamoqchiman
28 jan 2018 10:03
Yangiliklar
Alisher Nikimbaev: Qatarda uzoq vaqt ishlamoqchiman
Hamyurtimiz va mamlakat FA o'rtasida tuzilgan bir yillik shartnoma muddati o'zaro kelishuv asnosida uzaytirilishi ham mumkin.
Malumot uchun aytish kerak, Nikimbaev bungacha OFK va BAAda faoliyat yuritgandi. 2022 yilgi JCH aynan Qatarda o'tkazilishini inobatga olsak, mutaxassisimizning bu mamlakatda uzoq muddat qolishini taxmin qilish qiyin emas.
CHunonchi, futbolga katta etibor qaratilayotgan mamlakatlarda tajribali mutaxassislarni alohida qadrlashadi. O'tgan hafta Alisher aka bilan bog'lanib, yangi ish joyi va rejalari xususida bafurja suhbatlashdik.
- Alisher aka, avvalo, Qatarda ishlash varianti qayday yuzaga kelgani haqida to'liqroq malumot bersangiz: kim taklif qildi, vazifangiz nimalardan iborat?
- O'tgan yilning noyabr oyida Qatar futbol associaciyasidan rasman taklif oldim. Ungacha qatarliklar bilan malum muddat muzokara olib borgandim. Xullas, noyabrning oxirida shartnoma ostiga imzo chekdim va dekabrdan ishga kirishdim.
Asosiy vazifam - Musobaqalarni o'tkazish bo'limi texnik eksperti sifatida Qatar futboliga daxldor barcha o'yinlarni nazorat qilish, ularni tashkillash jarayonida ishtirok etish. Bundan tashqari, reglament masalalari bilan shug'ullanaman.
Mana, yaqinda «Bavariya» Qatarda yig'in o'tkazib, o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qisqasi, shu kabi va Qatar klublari hamda terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni tashkillash, nazorat qilish mening zimmamda.
- SHartnoma bandlari qanday, federaciyaning o'zida ishlaysizmi yoki...?
- 1 yillik kelishuvni avtomatik ravishda uzaytirishimiz mumkin. Albatta, Qatar FA ofisida ishlayman. Associaciya va Professional futbol ligasi Doxadagi 40 qavatli binoda joylashgan. JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi uchun ham ayni shu osmono'par inshootdan joy ajratilgan.
- «Bavariya» bilan o'rtoqlik o'yinini tashkillashda ishtirok etdingizmi? Umuman, shu uchrashuv haqida malumot bersangiz. Har holda, «Bavariya» Qatarga shunchaki, kelmagandir... Qolaversa, bu o'yinda komissar vazifasini bajaribsiz.
- «Bavariya» bilan tegishli kompaniyalar muzokara olib borgan. Aslida Germaniya superklubi va Qatar aeroporti o'rtasida shartnoma bor. «Bavariya» shu kelishuvga ko'ra, har yili Qatarda yig'in va bitta «o'rtoqlik» o'tkazadi. Bu yilgi yig'ini «Espayr» akademiyasida bir hafta davom etdi.
SHartnomaga binoan, o'rtoqlik o'yini ham akademiyaga tegishli mashg'ulotlar maydonida tashkillashtirildi. Ha, uchrashuvni nazoratchi rolida kuzatdim. O'yin yuzasidan savollar etarli edi. Birinchi galda, muxlislar tashrifi bo'yicha muammo yuzaga keldi. CHunki mashg'ulot maydonida tribuna yo'q.
Tashkilotchilar tomonidan esa maxsus taklifnoma ko'rinishida 750 dona chipta chiqarilgandi. O'sha kuni chamasi 2-3 ming muxlis to'plandi. Qolaversa, o'yindan keyin futbolchilar bilan suratga tushishni istagan fanatlarga bog'liq kichik muammo ro'y berdi. SHu sabab, o'yin shaxsan men uchun yaxshigina bosh og'rig'i bo'ldi.
- Qatar FA va PFLning funkciya va majburiyatlari bizdagidan nechog'li farqlanadi?
- Tabiiyki, Qatarda ham PFL milliy associaciyaga bo'ysunadi. Farqi shuki, Liga rahbari FA vice-prezidenti hisoblanadi. Lekin ikki tashkilot moliyaviy tomondan mustaqil ish yuritadi. PFL yil davomida 3ta musobaqa o'tkazadi - Yulduzlar ligasi, Liga va mamlakat kubogi.
To'g'ri, Qatar kubogida mamlakatning eng kuchli 4ta jamoasi ishtirok etadi, xolos. SHuningdek, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun alohida turnir bor va u Qatar FA tomonidan tashkillashtiriladi. «Amir kubogi»da oliy va birinchi liga jamoalari qatnashadi.
Quyi divizion vakillari uchun ham alohida kubok turniri yo'lga qo'yilgan. Qatar kichik mamlakat va FA tarkibida mintaqaviy federaciyalar yo'q. Xullas, associaciya nazoratidagi barcha musobaqalar aynan bizning bo'lim tomonidan tashkil etiladi.
- Qatar FA qaysi manba hisobiga moliyalashtiriladi, Liga daromadi nimadan?
- Associaciyani ham, Ligani ham Qatar Milliy olimpiya qo'mitasi moliyalashtiradi. To'g'ri, har ikki tashkilotda alohida homiylari bor. Etiborlisi, olimpiya qo'mitasi bu yildan etiboran hattoki, futbolchilar maoshini ham o'z zimmasiga olmoqchi.
CHunki bazi klublar ayniqsa, legionerlarga vaqtida maosh berishda qiynalmoqda. Bu holat mamlakat futbolining xalqaro obro'siga putur etkazishi mumkin. SHularni inobatga olgan olimpiya qo'mitasi jarayonga aralashib, yordam qo'lini cho'zmoqchi.
Deylik, Sanjar Tursunov xuddi shunday holatga tushgan va u aynan olimpiya qo'mitasi aralashuvi bilan maoshini olgandi. Endi maosh to'lovi kechiktirilmaydi. Har holda, olimpiya qo'mitasi ancha boy tashkilot hisoblanadi.
- Biroq klublar masuliyatni yo'qotib, olimpiya qo'mitasiga qaram bo'lib qolishi mumkin-ku.
- SHartga ko'ra, klublar endi legionerlarni faqat olimpiya qo'mitasi ruxsati bilan xarid qilishi mumkin. Demakki, qatarliklar xorijdan futbolchi taklif etish masalasiga jiddiy yondashmoqdalar.
Bu ijobiy holat. Masuliyatga kelsak, MOQ faqat belgilangan maoshni to'laydi, mukofot pullari esa klublar zimmasida qoladi.
- Umuman, bu olimpiya qo'mitasi tomonidan ko'rsatilayotgan beg'araz yordammi yoki qarz...?
- Qarz emas. Qaytaraman, olimpiya qo'mitasi baquvvat homiylarga ega, yani tashkilotda pul bor. Aytish joiz, Qatar MOQ nafaqat futbol, balki boshqa sport turlari uchun ham katta mablag' ajratmoqda.
- Yulduzlar ligasi ishtirokchilaridan badal puli ham olinadimi?
- Hech qanday badal yo'q. Aksincha, barcha klublarga mavsum yakunida Yulduzlar ligasidagi natijasiga qarab, pul mukofoti beriladi. Bu - Qatar jamoalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozning bir ko'rinishi.
- Xo'sh, mamlakat chempioni va kubok sohibi aynan qancha mukofot oladi?
- Aniq raqamlarni aytolmayman. CHunki mukofot puli miqdori chempionat yakunida elon qilinadi. Lekin chempion ham, kubok sovrindori ham kattagina summaga ega bo'lishi tayin.
- Yaqin orada xorijning qaysi jamoalari Qatarda mehmon bo'lishi mumkin? Demoqchimizki, birinchi mustaqil ishingiz qachon amalga oshadi?
- Ish boshlaganimga bir oy bo'ldi va birinchi liga kubogida kordinator vazifasini bajarishga ulgurdim. Savolingizga kelsak, Ko'rfaz kubogi sabab, rejalashtirilgan ko'plab o'yinlar bekor qilindi. Masalan, «PSJ» ham Doxaga kelishi kerak edi. Lekin bunga Ko'rfaz kubogi xalaqit berdi.
Xullas, yaqin orada Qatarda o'tkaziladigan OCHL hamda OFK kubogi o'yinlarida mezbon davlatning rasmiy vakili sifatida ishlayman. Deylik, 30 yanvar kuni «Paxtakor» OCHL saralashi «pley-off» o'yinida «Al-Garafa» mehmoni bo'ladi. Qatar FA tomonidan bu o'yinni tashkillashga masul sifatida tayinlanganman.
Bundan tashqari, Iroq va Suriya klublari OFK kubogidagi o'yinlarini Qatarda o'tkazadi. Ularga ham aynan men masulman. Ayni payt Suriyaning yana bir klubi xalqaro o'yinlarini Qatarda tashkillash bo'yicha muzokara olib boryapti. Demakki, OFK kubogi doirasidagi 9ta uchrashuvda rasmiy vakil sifatida qatnashishim mumkin.
- «Al-Garafa» haqida so'z ochdingiz. Qiziq, Uesli Sneyder transferi ham olimpiya qo'mitasi tomonidan amalga oshirildimi yoki...?
- Futbolchi tanlash klub ixtiyorida, olimpiya qo'mitasi bunga aralashmaydi. Faqat taklif etilgan legionerni olimpiya qo'mitasining alohida ishchi guruhi ko'rib chiqadi. Masalan, ingliz klublari ham xohlagan futbolchini to'g'ridan-to'g'ri xarid qilolmaydi.
Bu borada Angliya FAning qoidalari bor. SHuning natijasida klublar faqat Evropa Ittifoqiga azo mamlakatlar futbolchilari yoki milliy jamoada etarli amaliyotga ega o'yinchilar bilan shartnoma tuzadi. Qatarda ham xuddi shunday - faqat yakuniy qaror olimpiya qo'mitasiga tegishli.
Sneyderga kelsak, uni ortiqcha tariflash shart emas. SHuning uchunmi, olimpiya qo'mitasi gollandiyalik yulduzning «Al-Garafa»ga o'tishini muhokama ham qilmadi. Aksincha, shartnoma tuzilgan kuniyoq maxsus taqdimot marosimi o'tkazib berdi.
- Aytingchi, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasida ham ishlashingiz mumkinmi? Zero, tayyorgarlik jarayoni bilan shug'ullanayotgan mutaxassislarning 90 foizi xorijdan.
- Ehtimol. Ammo oldindan aniq gapirishim qiyin. Qolaversa, bir yillik shartnoma bilan Qatar FAga bog'langanman.
- «Aspayr» akademiyasi butun dunyoda mashhur - dargohga xorijdan ham yosh futbolchilar qabul qilinadi. Klublar tizimida ham alohida akademiya bormi?
- Ha, albatta. Xususan, akademiya tarbiyalanuvchilari o'rtasida alohida chempionat yo'lga qo'yilgan. «Aspayr» esa faqat futbol emas, boshqa sport turlariga ham ixtisoslashgan.
- Qatarda o'yinlarni tashkil etishda muammo yo'q - barchasi yuqori saviyada. Lekin muxlislar tashrifi ancha past...
- Asosiy muammo - Qatarda tub aholi soni juda kam. Vaholanki, mamlakatda 17ta professional klub bor. Qisqasi, aholiga nisbatan olganda, klublar ko'p.
BAAda ham xuddi shunday holat. Dubay va Doxada faqat futbol emas, dunyo miqyosidagi bosh musobaqalar ham tez-tez o'tkaziladi - tennis, «Formula-1»... Mana, shu kunlarda Kuba, Eron, Jazoir kabi mamlakat terma jamoalari ishtirokida gandbol bo'yicha nufuzli xalqaro turnir bo'lyapti.
Qolaversa, ko'ngilochar maskanlar ko'p. Futbolni esa uyda, televizor orqali ham ko'raverishadi. Arablar ayniqsa, jazirama yoz kunlari uylaridan chiqishni ep ko'rmaydilar.
- CHempionat o'yinlariga kirish tartibi qanday - chipta sotiladimi yoki bepul?
- Kirish pullik, lekin chiptalar qimmat emas. To'g'ri, VIP-lojalar bahosi birmuncha balandroq - 100 dollargacha.
- Qatarliklar «Al-Garafa» - «Paxtakor» o'yiniga nechog'li qiziqishyapti, mahalliy matbuotchi?
- Tabiiyki, qiziqish katta. Ayniqsa, Uesli Sneyder «Garafa» safiga qo'shilgach, etibor keskin ravishda oshdi. Matbuotda yozilishicha, «Al-Garafa» Sneyder va Terimini aynan OCHL uchun sotib olgan. Lekin menimcha, klub rahbariyati tarkibni chempionatda ham munosib ishtirok etish maqsadida kuchaytirgan.
«Garafa» o'tgan yili Yulduzlar ligasida 5-o'rinni egallagandi. Hozir esa nisbatan pastroqda turibdi. Demakki, klub Sneyder va Terimi yordamida ichki chempionatdagi vaziyatni ham ijobiy tomonga burishni ko'zlamoqda...
- O'FF va Qatar FA o'rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida shifokorlarimiz Doxada bo'lib qaytishdi. Yana qanday rejalar bor?
- Bu savolga javob berolmayman. CHunki hujjatni imzolash jarayonida ishtirok etmaganman. Agar ikki mamlakat terma jamoalari va klublari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari yoki yig'inlar o'tkazish ham ko'zda tutilgan bo'lsa, bu jarayonda bevosita qatnashaman.
Xullas, qandaydir yangilik chiqsa, darhol xabar beraman, albatta. Aytishim kerak, Qatar FA yaqin orada yana bir qator milliy federaciyalar bilan xuddi shunday memorandum imzolashni maqsad qilgan...
- Qatar JCH-2022gacha FIFA va OFK miqyosidagi yana qaysi musobaqalarga mezbonlik qilmoqchi?
- Bilishimcha, 2021 yili Konfederaciyalar kubogi o'tkazilmaydi. FIFA yangi turnir loyihasi ustida ishlayapti. Yani Konfederaciya kubogi o'rniga yozda Klublar o'rtasidagi JCH tashkillashtirilishi mumkin - kengaytirilgan shaklda.
Lekin bu turnir Qatarda emas, boshqa davlatda o'tkaziladi. Katta ehtimolki, Xitoyda. Xullas, JCH-2022gacha Qatar mezbonlik qiladigan asosiy musobaqa - bu Ko'rfaz kubogi-2019. Hozircha shunday.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi "Interfutbol" gazetasi
Fikrlar