So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Alisher Mahmudov: “Murabbiy ruhiyatimizni ko'tardi” Yangiliklar

Alisher Mahmudov: “Murabbiy ruhiyatimizni ko'tardi”

29-turda Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo'lgan “Navbahor” jamoasi kuchli raqib maydonida tarixiy durangni qayd etishga erishdi.

Namanganliklar O'zbekiston chempionatlari tarixida “Bunyodkor” maydonida ochko olishni uddasidan chiqishmagandi. Bu safar esa muhim bir ochko qo'lga kiritildi.

Uchrashuv yakuniga etgach, Alisher Mahmudov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi: - Joriy yilgi chempionatdagi ishtirokimiz qoniqarli bo'lmaganligi sababli so'nggi pog'onalarga tushib qolgandik. Oliy ligada qolish masalasini hal etish uchun esa oxirgi ikki turda ochkolarimiz zaxirasini boyitib borishimiz talab etilardi. SHu sababdan “Bunyodkor”ga qarshi o'yinga munosib tarzda hozirlik ko'rishga harakat qildik. Qolaversa, bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Ilhom Mo'minjonov ham yigitlarning ruhiyatini ko'tara oldi.

Aynan shu jihatlar sabab “Bunyodkor” maydonida o'zgacha ishtiyoq bilan tushgandik. Buning samarasi yakuni natijada o'z aksini topdi. Aslida yutsak yaxshi bo'lardi. Ammo, kuchli raqib maydonida bir ochkoni qo'lga kiritish ham yomon natija emas. Endilikda, oldimizda turgan so'nggi o'yinda o'zimiz uchun kerakli natijani qayd etib, muxlislarimizni yana bir bor xursand qilish niyatidamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика