Alisher Latipov: “Futbolchilarim o'yindan-o'yinga tajriba to'plab bormoqda”
02 okt 2022 19:15
Yangiliklar


Alisher Latipov: “Futbolchilarim o'yindan-o'yinga tajriba to'plab bormoqda”
Birinchi liganing 21-turidan o'rin olgan “Yunired” – “Andijon II” bahsidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Alisher Latipov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'ylashimcha, o'yin jangovar ruhda o'tdi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat kildi. O'z futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular g'alaba uchun harakter namoyish etishdi. SHuningdek, o'yin davomida bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat.
- Raqib jamoa safida chetlashtish amalga oshirildi. Bu ham natijaga ijobiy tasir ko'rsatdimi?
- CHetlatish katta tasir ko'rsatdi demagan bo'lardim. Umuman olganda, raqib jamoa yaxshi futbolchilar shakllantirilgan. “Andijon II”ning kelgusi o'yinlariga omad tilayman.
- Jamoangiz safida asosan yoshlar to'p tepmoqda. Ular chempionat o'yinlari orqali o'sishga erishmoqdami?
- Ha, albatta. O'yindan-o'yinga shogirdlarim o'zlari uchun katta tajriba to'plab borishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar