So’nggi yangiliklar

00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  1 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  42 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  0 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  5 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32

Alirizo Beyranvand: "Persepolis" uchun 700,000 dollardan voz kechdim, ammo klub menga nisbatan hurmatsizlik qildi" Yangiliklar

Alirizo Beyranvand: "Persepolis" uchun 700,000 dollardan voz kechdim, ammo klub menga nisbatan hurmatsizlik qildi"

7 avgust kuni Tehronda "Persepolis" klubini chempionlik bilan taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Lekin ushbu marosimga jamoaning sobiq darvozaboni Alirizo Beyranvand taklif etilmadi. Malumki, Beyranvand Eron chempionati yakunida "Persepolis"ni tark etib, Belgiyaning "Royal Antverp" jamoasi bilan shartnoma tuzdi. 

Taqdirlash marosimida qatnasha olmagan 27 yoshli darvozabon intervyu berib ichidagi gaplarni oshkor qildi:

- "Avvalo shuni aytishim kerak, "Persepolis"dagi faoliyat men uchun unutilmas bo'ldi. Men bu jamoada ko'p yillar o'ynashni maqsad qilgandim, biroq vaziyat shunday bo'lib qoldi. Jahon chempionatidan keyin ko'p klublardan taklif tushdi, ammo "Persepolis"da qolishni maqul ko'rdim".

- "Hatto o'tgan yil Osiyo Kubogidan keyin ham jamoani tark etishim mumkin edi. Lekin baribir qolib yordam berishni maqul topdim. Men hatto klub menga to'lashi kerak bo'lgan 700,000 dollardan voz kechdim, chunki oldingi murabbiylardan qarzdorlik ko'p edi va shu bilan klubga yordam bermoqchi bo'ldim".

- "O'tgan to'rt yil ichida "Persepolis" bilan 8ta sovrinni qo'lga kiritdim. Lekin 7 avgust kuni o'tkazilgan taqdirlash marosimiga taklif etilmaganim meni qattiq ranjitdi. Klub hattoki karantindan keyin umuman jamoaga qaytmagan legioner Entoni Stokesni chaqirdi, ammo meni yo'q. Telefon qilib so'raganimda uzr, senga medal etmay qoldi deyishdi. Ochig'i, juda xafaman. Bu o'rinda pul va boshqa narsaning ahamiyati yo'q. SHunchaki etiborsizlik qilishgani qattiq ranjitdi, klub menga hurmatsizlik qildi. O'ylaymanki, keyinchalik boshqa futbolchilar bilan bunday hol bo'lmaydi".

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика