So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Alibobo Rahmatullaev: “Jamoalardan taklif tushishini kutyapman” Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: “Jamoalardan taklif tushishini kutyapman”

Bu yil uchta jamoada to'p tepib, yana ikkita klub mashg'ulotida ishtirok etgan yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaev uchun joriy mavsum yakuniga etdi.

“Buxoro” va “Navbahor” tarkibida o'ynab, “Paxtakor” hamda Tailand klubi mashg'ulotlarida ishtirok etgan futbolchi yaqinda “Ravan” jamoasi bilan shartnoma imzolagandi. Lekin Aliboboning Ozarboyjon missiyasi ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Klub rahbariyati legionerlar, shu jumladan Rahmatullaev bilan ham shartnomani bekor qildi. Biz Rahmatullaev bilan uchrashib, undan intervyu oldik.

- “Ravan” klubi murabbiy va futbolchilari bilan tezda chiqishib ketdim, - deya so'z boshladi futbolchi. - Bitta muammo shartnomada ko'rsatilgan oylik maoshimni vaqtida berishmadi. Faqat malum bir qisminigina olishga muvaffaq bo'ldim. Nafaqat men, balki boshqa futbolchilar ham moliyaviy tomondan ancha qiynalib qolishgandi. Klub rahbariyati shartnomada ko'rsatilgan summani bera olmaganidan keyin legionerlar ham, mahalliy futbolchilar ham tarqalib ketishdi. Ozarboyjon UEFA tarkibida bo'lgani uchun Evropa futboli havosi shundoqqina sezilib turibdi. Lekin eng katta kamchiligi aksariyat klublar o'z o'yinlarini suniy qoplamali maydonda o'tkazishadi. Ikki yoki uchta jamoa tabiiy maydonga ega. Muxlislar tashrifi esa bizning oliy liga bilan deyarli bir xil. Ammo, muxlislik madaniyatida farq bor. Masalan, 20 nafar muxlis stadionga kelsa ham, ular xuddi ming kishidek ishqibozlik qilishadi. O'zimizning vodiy muxlislariga o'xshab ketadi. Lekin Toshkentda u darajada muxlislik qilishmaydi.    


- SHartnomada ko'rsatilgan maoshingiz qancha edi?
- Buni ayta olmayman. Lekin oliy ligamizdagi maoshdan ko'proq edi.

- O'zi “Ravan” klubiga o'tishingiz qanday amalga oshgandi?
- Ozarboyjon klubi rahbariyati va murabbiylari shtabi tomonidan taklif bo'lgandi. U erdagi faoliyatim bu darajada yakunlanadi, deb sira o'ylamagandim.

- Malum muddat “Paxtakor” jamoasida ham o'ynadingiz. Nima sababdan klubda qolmadingiz?
- Keling bu mavzuda gapirmay qo'ya qolay.

- O'z vaqtida “Bunyodkor” jamoasida ham to'p tepdingiz. Ammo, “qaldirg'ochlar” safida ham uzoq vaqt ushlanib qolmadingiz. “Futbol sharhi” ko'rsatuviga bergan intervyuingizda murabbiylarni ayblagandingiz...
- “Bunyodkor”dan ketishimga klub rahbariyatining hech qanday aloqasi yo'q. Murabbiy Sergey Lushan sababli jamoani tark etishga majbur bo'ldim. Aks holda, bunday jamoadan kim ham ketishni xohlardi. Aksariyat o'yinlarda zaxira o'rinidig'ida qolib ketdim. Buning natijasida o'yin amaliyotiga deyarli ega bo'lmadim.

- “Navbahor”da ham shunga o'xshash muammo yuzaga keldimi yoki Namangan shahri jamoasini tark etishingizning boshqa sababi bormi?
- Aslida klub bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagandim. Lekin kelishuvda xorij klublaridan yaxshiroq taklif tushsa, jamoadan ketishim mumkinligi haqidagi band bor edi. Xorij klubidan taklif tushdi va shartnomaga amal qilingan holda “Navbahor” rahbariyati menga ruxsat berdi.

- Ayni paytda nimalar bilan mashg'ulsiz?
- CHempionatimiz yakunlanishiga oz fursat qoldi. Hozir o'zim individual tarzda mashg'ulot o'tkazib turibman. Endi bor umidim keyingi mavsumdan. Jamoalardan taklif tushishini sabrsizlik bilan kutyapman.

- Oliy ligamizda g'alvir suvdan ko'tariladigan vaqt etib keldi. CHempionat yakunlanishiga 4ta tur qolgan bir paytda peshqadam “Paxtakor” eng yaqin taqibchisi “Lokomotiv”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda. Siznigcha, chempionlik poygasida qaysi jamoaning imkoniyati yuqoriroq?
- Ochig'i, anchadan beri oliy ligamiz bunchalik qiziq bo'lmayotgan edi. Ayni paytda bir yo'la uchta jamoada chempion bo'lish uchun imkoniyat yuzaga kelgan. SHu paytgacha mavsum yakunlanishiga 4 yoki 5ta tur qolganida kim chempion bo'lishi aniq bo'lardi. Menimcha, bu yil chempionlik masalasi so'nggi turda hal bo'ladi. Aksincha, quyi pog'onalarda borayotgan jamoalarning ham ligada jon saqlab qolishlari uchun imkoniyatlari etarli. Taxmin qilib ko'ray, menimcha, bu yil “Nasaf” jamoasi chempion bo'lsa kerak. Qolgan jamoalarga hurmatimni saqlagan holda shuni aytishim kerakki, bu mavsum “Nasaf” ancha mazmunli o'yin namoyish etyapti. Bezijga “Bunyodkor” va “Lokomotiv”dek kuchli jamoalarni ortda qoldirib, O'zbekiston kubogi sohibi bo'lmadi. Mamlakatimizning amaldagi chempioni “Paxtakor” boshida yaxshi o'yin ko'rsatib kelayotgandi. Lekin jamoa chempionat tugashiga oz fursat qolganida sustlashib qoldi. “Lokomotiv” klubi bir tekis o'ynamayapti. Jamoada bosh murabbiy ishdan ketdi. “Bunyodkor” klubi esa chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi, deb o'ylayman. Kelasi turda o'tkaziladigan “Nasaf” - “Paxtakor” o'yini ko'p jihatdan chempionlik masalasiga oydinlik kiritib beradi. 


- Ketma-ket bu yilgi mavsumda ham “Bunyodkor” jamoasining sovrinsiz qolishi deyarli malum bo'ldi. OCHL yo'llanmasi ham katta so'roq ostida qolyapti. Bunday omadsiz ishtirokka nima sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?  
- Omadsizlikda kimnidir yaqqol ayblab bo'lmaydi. Mirjalol Qosimov jamoadan ketganidan beri “Bunyodkor” o'yinida ancha pasayish kuzatildi. Futbolchilar o'rtasidagi munosabat ham unchalik yahshi emas. Futbolchilar bilan gaplashib turaman, ularning ayrimlari ham klubdagi holatidan norozi. “Bunyodkor”da Mirjalol Qo'shoqovichning o'rni boshqacha edi. Menimcha, hamma gap murabbiyda. Klub rahbariyati o'sha-o'sha, muammoda ularning “xissasi”ni ko'rmayapman. Hamisha “Bunyodkor”ga omad tilab kelganman. Garchi, klubni tark etib ketgan bo'lsamda, lekin bu jamoani unutdi, uning ishtirokidagi o'yinlarni ko'rmaydi, natijalardan xabardor bo'lib bormaydi, degani emas. Mag'lubiyatidan kuyunaman, g'alabasidan esa suyunaman. Aytishadiku, oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug' deb. O'ylaymanki, “Bunyodkor” kelasi mavsum o'z so'zini yana aytadi.

 - Suhbatimiz so'nggida futbolga kirib kelishingiz, millionlar o'yinidagi ilk qadamlar haqida ham gapirib bersangiz.
- Futbolga kirib kelishimga birinchi navbatda dadam sababchi bo'lganlar. Otam futbolning haqiqiy jonkuyar muxlislaridan biri. Meni ushbu sport turiga qiziqtirgan ham aynan ular bo'lganlar. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” mavzesida futbol to'garagi ochilgandi. U erda murabbiy Muhammadjon akaning qo'l ostida futbolning ilk saboqlarini olganman. Futbolchi bo'lib etishimda ularning xissalari juda katta. U erda besh yil futbol o'ynadim. Keyinchalik “CHig'atoy” futbol maktabida tajribali va taniqlik murabbiy Marat Kabaev qo'l ostida faoliyatimni davom ettirdim. Oliy ligadagi debyut o'yinimda unchalik yaxshi o'ynay olmaganman. Undan oldin esa Osiyo CHempionlar ligasida Avstraliyada “Adelaida Yunayted” jamoasiga qarshi o'yinda debyut uchrashuvim bo'lgan. U erda nursiz durang qayd etganmiz. Uchrashuvda xisob ochilmagandi. Lekin bitta vaziyatda hakam ochiqchasiga penalti belgilamagandi. Jarima maydonchasi ichida zarba bermoqchi bo'lganimda himoyachi qo'li bilan meni turtib yuborgandi.

- Futbol orqali olgan ilk maoshingiz yodingizdami?
- “CHig'atoy”da o'ynab yurgan kezlarim 10 ming so'm maosh olgandim. Keyin “SHayxontohur” jamoasida avvaliga 25, keyin esa 100 ming so'm berishgan. Futbolni tanlaganimdan afsuslanmayman. Hali umidlarim katta. Avvalgi o'yinimni topib olib, yana kuchli klublar safida o'ynash istagidaman. Va albatta, milliy terma jamoa libosida maydonga tushishni orzu qilaman. Nafaqat, orzu qilaman, balki shunga astoydil intilaman. Terma jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Samvel Babayan kuchli psixolog, futbolchilarni o'yinga qanday tayyorlashni juda yaxshi biladi. Ishonchim komilki, milliy terma jamoamiz aynan Samvel Babayan boshchiligida JCH-2018da ishtirok etadi.   
   
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика