Alibek Davronov: "Nasib qilsa, oldindagi o'yinda g'alaba qozonamiz"
18 noy 2022 21:41
Yangiliklar


Alibek Davronov: "Nasib qilsa, oldindagi o'yinda g'alaba qozonamiz"
O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugungi mashg'ulotlar "Jar" stadionida olib borildi. Ilk bor terma jamoaga chaqirilgan Alibek Davronov bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Terma jamoa yig'iniga chaqirilganimni eshitib xursand bo'ldim. Mamlakat bosh jamoasida o'ynash katta sharaf. Bu erda begona futbolchilar yo'q. Umar Eshmurodov va boshqalar bilan "Nasaf"da birga to'p tepamiz. Maydonda uchrashganmiz. Hammasi yaxshi.
Qozog'iston kuchli raqib edi. Rossiyani ham shunday degan bo'lardim. Nasib qilsa oldindagi bahsda g'alaba qozonamiz",- deydi Alibek Davronov.
O’xshash yangiliklar
20:27
O'zPFL 4 klubning U21 jamoasi uchun maydonini qabul qilmadi, 1-turdagi 1 o'yin o'tkazilmaydi 3

Fikrlar