So’nggi yangiliklar

18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  11

Ali Xamam: “Bizni g'alabadan boshqa narsa qanoatlantirmas edi” Yangiliklar

Ali Xamam: “Bizni g'alabadan boshqa narsa qanoatlantirmas edi”

Kecha Toshkentning “Bunyodkor” klubi o'z uyida OCHL musobaqasining guruh bosqichida Eronning “Zobohan” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Zobohan” klubi futbolchisi Ali Xamam o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalam bor “Bunyodkor” bilan bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan xursandman. Biz Toshkentga faqat g'alaba qozonish uchun tashrif buyurgandik. “Bunyodkor” guruhimizdagi kuchli jamoa, ammo ushbu bahsda “Zobahan” juda ham ajoyib o'yin namoyish qildi. 

Raqibimizni o'z uyida 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Endi bor etiborimizni keyinga bahsga qaratamiz. Nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib “pley-off” bosqichiga chiqamiz. “Bunyodkor” haqida gapiradigan bo'lsam, raqibimizga nima bo'lganini o'zim ham bilmayman. 

Ularning asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilari uchrashuvda ishtirok etmadi. Biz esa kuchli o'yin ko'rsatdik va g'alaba qozondik. SHuning uchun ham “qaldirg'ochlar” mag'lubiyatga uchrashdi, deb o'ylayman. Biz maydonga faqat g'alaba uchun tushgan edik. 

Barcha biladi, bundan oldingi 2ta uchrashuvning birida mag'lubiyatga uchradik, ikkinchisida durang natija qayd etdik. “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda, xuddi final bahsidek harakat qildik. Bizni g'alabadan boshqa narsa qanoatlantirmas edi”, - deydi “Zobohan” futbolchisi Ali Xamam.



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика