So’nggi yangiliklar

18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  0 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  7 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  7 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  3 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  6 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11

Ali Dayining benefisiga aylangan O'zbekiston - Eron o'rtasidagi dastlabki uchrashuvni yodga olamiz Yangiliklar

Ali Dayining benefisiga aylangan O'zbekiston - Eron o'rtasidagi dastlabki uchrashuvni yodga olamiz

Ilk to'qnashuv 1998 yilgi Osiyo o'yinlariga to'g'ri kelgan.

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv 1998 yilgi Osiyo o'yinlariga to'g'ri kelgan. O'zbekiston musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblansa, Eron "oltin avlod"ga ega tarkib bilan etib kelgandi. 

CHorak final doirasidan o'rin olgan bahsning 29-daqiqasida Ali Musavi Pavel Bugalo bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib boradi va uni aldab o'tgan holda bo'sh darvozaga to'p kiritib, hisobni ochadi.

Ikkinchi bo'lim ham forslar tashabbusi ostida o'tadi. O'zbekistonliklarda ham bir qancha imkoniyat yuzaga kelgan. Ammo bir zarbada darvoza ustuni eronliklar joniga oro kirgan bo'lsa, SHirshovning uzoqdan yo'llagan zarbasini raqib posboni bartaraf etgan.

Uchrashuv yakunlarida esa toliqib qolishgan vakillarimiz tashabbusni raqibga topshiradi, natijada Ali Dayining daqiqalari boshlanadi.

Dastlab sherigining qulay uzatmasidan so'ng chap oyoqda raqib darvozasining yaqin burchagini aniq nishongan olgan 10-raqamli hujumchi navbatdagi hujumda Fedorovni ortda qoldirgan holda yana chap oyoqda to'p kiritadi. O'yin so'ngida esa burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'yadi. To'pni qaytarishga uringan Bugalo boshi bilan darvoza ustuniga uriladi va tibbiy yordam olishga majbur bo'ladi.

SHu tariqa, braziliyalik murabbiy Bira Veyga qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini chorak finalda yakunlaydi. Eron esa yarim finalda Xitoyni, hal qiluvchi bahsda esa Kuvaytni mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylanadi.

Osiyo o'yinlari-1998

O'zbekiston — Eron 0:4

14.12.1998. "Supachalasai" stadioni. Bangkok, Tailand

Gollar: Ali Musavi (29), Ali Dayi (83, 88, 90)

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Andrey Rezancev, Andrey Fedorov, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvostunov (SHuhrat Rahmonqulov, 72), Aleksey Semenov (Nig'mutulla Qutiboev, 80), Sergey Lebedev, Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov (Rashid G'ofurov, 72), Andrey Akopyanc, Igor SHkvirin

Eron: Behzod G'ulompur, Muhammad Hapur, Nodir Muhammadxoni, Javad Zarinche, Mahmud Fekri (Sattor Hamedani, 73), Mehdi Mahdavikiya, Hamidrizo Estili, Karim Bag'iri (Alirizo Mansurian, 90), Muhammad Ali Karimi, Ali Musavi (Dariush Yazdani, 67), Ali Dayi

Ogohlantirishlar: Aleksandr Xvostunov (7), Nikolay SHirshov (41), Andrey Rezancev (79)


Eron bilan o'yinlar tarixidan. Qosimov va Bakaev “Ozodi”da forslarni bo'ysundirgan uchrashuv 

Eron bilan o'yinlar tarixidan. Katta sahnada Nishimura yoxud Abramov uchun so'nggi bekat

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика