So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Ali Al Habsi - Ummon terma jamoasining asosiy yulduzi Yangiliklar

Ali Al Habsi - Ummon terma jamoasining asosiy yulduzi

Ummon terma jamoasi bungacha uch marta Osiyo Kubogida qatnashgan.

O'zbekiston terma jamoasi 2019 yil 9 yanvar kuni Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvini aynan shu jamoaga qarshi o'tkazadi. Ummon terma jamoasi bugungi kunda o'ziga yarasha kuchga ega. Bu jamoa Ko'rfaz Kubogi musobaqasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. 

Terma jamoaning eng taniqli futbolchisi bu - darvozabon Ali Al Habsi. U Angliya premer-ligasida o'ynagan dastlabki ummonlik bo'ldi. To'g'risini aytish kerak, 30 dekabr kuni 37 yoshni qarshi oladigan darvozabon Osiyoda eng kuchli darvozabonlardan biri hisoblanadi hamda unga gol urish oson emas. 

Ali Al Habsi hozirda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi darvozasini qo'riqlab kelyapti. U bungacha o'z mamlakatining "Al Mudhaibi", "Al Nasr", Norvegiyaning "Lin Oslo" hamda Angliyaning "Bolton", "Uigan", "Brayton" va "Reding" klublari darvozasini qo'riqlagan. 

Al Habsi terma jamoadagi debyutini 2002 yil Ko'rfaz Kubogida Bahraynga qarshi nishonlagan. U 2004 yilgi Osiyo Kubogida ham ishtirok etgan. Bu darvozabon mana 14 yildirki o'z terma jamoasi safida yuqori saviyada o'ynab kelyapti. O'zining bir qator seyvlari orqali Ummon terma jamoasini ikki bor (2004 va 2007) Ko'rfaz Kubogi finaliga olib chiqqan mahoratli posbon uchinchi urinishda (2009 yil) bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 

Ali Al Habsi shu paytgacha terma jamoa libosida 130tadan ko'p o'yin o'tkazgan. Bu borada u Ummon terma jamoasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar orasida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Birinchi va ikkinchi o'rinlar Ahmad Muborak bilan Favzi Bashirga tegishli. Tajribali darvozabon penaltilarni qaytarishda ham ustasi farang. Unga to'pni havolatib gol urish qiyin. Bo'yi uzun bo'lgani uchun ko'p zarbalarni osonlik bilan hal etadi.

Ummon bilan bo'ladigan bahsda bizning futbolchilar nihoyatda sovuqqon bo'lishlari kerak. Albatta, har bir darvozabonda bo'lgani kabi Ali Al Habsida ham kamchiliklar bor. Muhimi bizning hujumchilar o'sha kamchilikni izlab topishi va uning xatosidan unumli foydalanishda.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика