So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Alfraganus University: Yo'lga chiqqanimizga 4 kecha bo'ldi, yo'lda uxlab qolmay deb Furachi akalar oldida to'xtadik Yangiliklar

Alfraganus University: Yo'lga chiqqanimizga 4 kecha bo'ldi, yo'lda uxlab qolmay deb Furachi akalar oldida to'xtadik

Amerikada Furachi 10.000 topadi, Evropada 5.000, o'zimizda ham ular ikkiga yaqin topib qo'yadi deb havas qiladiganlar, maqola boshida Sizlarga aytaman, havas qilmang, juda-juda mashaqqati og'ir, o'ta qiyin ish ekan.

Yo'lda furachilarni ko'rib, ular kechirayotgan qiyinchiliklar, tirband yo'llardagi kutishlar, chegaralar o'rtasida, chegarachining kayfiyatiga qarashi yoki qandaydir sabablarga ko'ra yopilib qolishi ortidan bir necha kunlab qolib ketishlarini ko'rib, ularga rahmat dedim. Bizning dehqonlarimiz mahsulotlarini etkazib berish va u erdan import tovarlarni olib kelishdagi mashaqqatingizga rozi bo'linglar!



Birinchi kundaligimda Aktobe shahri sari yo'lga chiqqanligim haqida yozgandim, ammo bu erga etib kela olmadik. Aniqroq qilib aytganda kuchimiz etmadi. Uyqu bosdi, bunday paytda eng to'g'ri yo'l to'xtab mizg'ib olish. SHuning uchun eng yaqin joyda to'xtashga qaror qildik. Kartamizda mehmonxona ko'rindi, Xromtau shaharchasi. Toliqishimizga sabab, 50 kmga yaqin masofa juda ham rasvo holatda bo'lganligi uchun biz 3 soatdan ortiq vaqtda bosib o'tganimiz. Ayrim erlarda 6-7 tezlikda yurdik, shunchaki dahshat, tun, qorin och, tinka qurib ketdi. Xromtauga joylashib, tong orttirdik. Keyin internetdan shaharga oid malumot izlab kirib bildimki, bu er Janubiy Afrika Respublikasidan keyin Ruda ishlab chiqishda keyingi o'rinda turarkan. Bu erda Rossiyaning "Kuxnya" komedik serialida bosh qahramonni o'ynagan  Elena Ksenofontova tavallud topgan ekan. SHahar aholisi bor yo'g'i 30 000 kishini tashkil etadi. Tong otgach mashinamizni yuvdikda, Aktobe shahri tomon yo'lga chiqdik. 






Safar bosh homiysi Alfraganus University. Homiylar, Trastbank, AKFA, Coca Cola, Ucell kompaniyalari. SHuningdek, TimeTour, Ecomfort.uz va Rowe Oil.


Aktobe o'z tarixida 5 marotaba chempion bo'lgan. 2013 yildagisida Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev va Timur Kapadze jamoada faoliyat olib borganlar. Yodingizda bo'lsa Igor Sergeev ham 2021 mavsumni shu jamoada o'tkazgan. Stadioni ancha eskirib ketgan bo'lishiga qaramay fayzi bor. Muxlislar o'zbekistonlik trioni eslashadi. Ular o'z salomlarini biz orqali ayttirib yubordilar.





SHaharda asosiy ishni bajarib oldik, yani mashinamizga nakleykalarni yopishtirdik. Bu ishni O'zbekistonda qila olmaganimiz sababi, mashinani safar oldidan xarid qildik, ruxsatnoma esa 15 kunda chiqar ekan, hech qanaqasiga ulgurmas edik. SHunga nakleykalarni Qozog'istonda yopishtirishni reja qildik. Qaytishimizda ruxsatnomamiz chiqqan bo'ladi. Tyuning bizga 100 AQSH dollariga tushdi. Nega qimmat deysizmi, chunki biz shaharning eng "dodasi"ga boribmiz. Tyuningxona to'la qimmat va chiroyli raqamli mashinalarga boy edi. 


Aktobedan Orenburg viloyati tomon yo'l oldik. Biz bu erda Qozog'iston chegarasini kesib, Rossiyaga o'tib olishimiz kerak edi. CHegaragacha uzoq emas edi. Qisqasi Qozog'istonga kirgandan chiqishgacha jamoamiz 1670 km masofani 165 litr yoqilg'i bilan bosib o'tdi. CHegarada uzoq qolib ketmadik, umumiy hisobda ikki davlat chegarasidagi ishlarimiz bir soatga ham bormadi. Qozog'iston ichida biz ikki yarim kun davomida 165 $ ishlatibmiz. 



Qaerga ketayotganimiz bilan qiziqqan chegarada tanishib qolgan hamyurtimiz bizni Orenburggacha kuzatib qo'ydi. Rossiyaga kirishimiz bilan 56$ga mashinamizni sug'urtaladik. Hamyurtimiz esa mehmon bo'lmasdan ketmaysiz deb, bu erda vodiyliklar tomonidan ochilgan "Rayhon" restoraniga olib ketdi. Orenburgda ko'p yillar davomida muxlislar olqishiga sazovor bo'lib kelgan Dennis Istomin tug'ilgani haqida aytib ketay. U erdan Samaraga yo'l olishimiz kerak edi. Ammo ko'p yurmay "o'chdik", boshqa harakatlana olmas edik, aks holda bu yaxshi bo'lmasdi. Paytida to'xtashni bilish kerak. Ko'p yurmay, Furachi akalar uchun maxsus qo'nalg'ada to'xtadik, afsuski xona qolmabdi, mashinada tunni o'tkazdik va bugun Samaraga etib keldik, bu endi boshqa voqea!




Ekomfort.uz'dan chexol yutib oling

Championat.asia'da Evropa chempionati vaqtidagi sovrinli tanlovlar davom etadi. 

Tanlov shartlari juda oddiy: Bugun, 15 iyun kungi Evropa chempionatidagi uchta o'yinda eng oxirgi golni qaysi futbolchi urishini taxmin qiling. Gol muallifini aniq topgan birinchi ishtirokchi g'olib bo'ladi.

G'olib Ekomfort.uz kompaniyasidan o'rindiqlar uchun maxsus ortopedik nakidka sohibiga aylanadi. 

Bu tanlov 2024 yil 15 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00gacha davom etadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика