So’nggi yangiliklar

18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  1 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   6 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  6 16:58Спаллетти Италия термасининг жаҳон чемпионатига чиқишига ишонади  3 16:39Килиан Мбаппе: "Роналду - энг зўри"  13 16:36Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 - Қозоғистон U20 баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  10 16:14"Барселона" Левандовски борасида бир қарорга келди  1 15:50Тарихда илк бор ўзбекистонлик футбол мутахассислари ФИФА қўмитасига тайинланди  130 15:21Стивен Жеррард собиқ жамоасини бошқаришни истамади  0 14:54Юлиан Нагельсманн Виртцни мақтади  0 14:38Бруну Фернандеш: "Саудия Арабистонидан бўлган таклифни ўйлаб ҳам кўрмаганман"  2 14:21Андоррага қарши ўйинга 2 кун қолганида Сербия термаси бош мураббийи истеъфога чиқарилди  1 13:59Месси МЛСнинг яна бир рекордини ўрнатди  8 12:37Игорь Сергеев: "Уругвайни “иккинчи” таркиб деб ажратиш нотўғри”  10

Alfraganus University: Burachki postida 15 soat va biz Evropa Ittifoqidamiz, Levandovski yurti ham ortda qoldi Yangiliklar

Alfraganus University: Burachki postida 15 soat va biz Evropa Ittifoqidamiz, Levandovski yurti ham ortda qoldi

Bugun safarga chiqqanimizga bir hafta bo'ladi (maqola 2 kun avval qo'yilishi kerak edi). Aynan shu muddatda biz Evropa Ittifoqiga kirib keldik.

Samaradan Moskvaga keldik. Bir kun Rossiya poytaxtida bo'lib, Kremlni aylandik. Afsuski bitta DAN xodimi bizni chuv tushirdi, soddalik qildik. Keyin bilsak qoida buzmagan ekanmiz. Qo'yib yuborish uchun o'zi turgan nuqata oldidagi binoni sanatib, shuncha berasan dedi. Bino ham kichkina emas, 10 qavat ekan, 10 000 rubl so'radi. Aslida qoida buzmagan edik, shunchaki haydovchilik guvohonmamizni olib qo'yib, boshqa ayb topmasin deb yarmiga ko'ndi. Kayfiyat biroz tushdi, ammo nima ham qilardik, yo'lda bo'lib turadigan holatlarga ko'z yumib bo'lmaydi. Hammasi yaxshilikka deb aeroportga yo'l oldik. "Vnukovo"dan uchinchimiz uchib keldi. Otabek akaning vizalari kech chiqqanligi uchun safimizga Moskvada qo'shib olishni reja qilgandilar.

600 km masofalik yo'lga chiqdik. Evropa Ittifoqiga kirish uchun bizda Latviya va Estoniya orqali yo'l bor edi. Belarus - Polsha chegarasi engil avtomobillar uchun yopiq. Belarus - Litva uchun esa biz tranzit o'ta olmas ekanmiz. Eng yaqini Latviya va Rossiya o'rtasidagi "Burachki" posti ekan. Bu postning nomini hech qachon unutmasam kerak. Soat 6:00da biz chegarada edik. Oldimizda ikki mashina turardi, chegarachilar 30 daqiqalardan keyin ularni o'tkazib yubordi, ulardan keyin biz birinchi bo'ldik. Navbatimizni esa roppa-rosa 9 soat kutdik. Eng qizig'i shundaki, qorin juda ochgan edi. Evropada ovqat qilaman deb olgan go'sht mahsulotimni o'tkmazsliklarini aytishganidan keyin, o'zimiz bilan olingan vositalar yordamida "jiz-biz" qildim. Faqat kulmang, buni ruslar tilida "zakon podlosti" deydi. Hamma narsa aksiga oladigan maqol. Ovqat pishdi hamki, chegarachilar 9 soatlik navbatimiz kelganini aytishdi. O'rnimizga birovni kiritib yuborish asr xatosi bo'lardi. Yana 9 soat vaqtimizni kutishimiz kerak bo'ladi. Ovqat suzilgan tavoqlar bilan mashigana chiqib birinchi "KPP"dan o'tib, o'sha erda tamaddi qilib oldik.





Bu erda yana 6 soat vaqt ketkazdik. CHegarada tamirlash ishlari bo'layotganligi tufayli hamma o'tish yo'llari ishlamayotgan ekan. Fura haydaydigan akalar haftalab shu erda turishganini aytishdi. 9 soat deganda ichkariga kirganimizni eshitgan hamyurtlarimiz, "jek"ni urganimizni aytishdi, bugungi kunda bunchalik tez o'tish hammaga ham nasib qilmayotgan ekan. Hammasi yaxshilikka bo'ldi, barcha ishlarni qonun doirasida bajarib Latviya chegarasiga o'tdik. U erda ishimiz 30 daqiqadayoq bitdi. Latviyaga sut va go'sht mahsulotlarini olib kirish qonun bilan taqiqlanadi. Guruch va qurtga indashmadi. Daugavpilsga etib olishni mo'ljal qildik, ammo chegaradan o'tib bildikki, 150 kilometrga yaqin masofani bosib o'tish bizga bu charchoqdan keyin uzoqlik qiladi. "Booking"ga kirib yaqin atrofdan joy qidirdim va ko'l bo'yidan ajoyib mehmonxona topdim. 60 evrolik joy yashashga arzirdi. SHeriklarimga, tong otganidan keyin gaplashishimni aytdim. Ertasi kungi manzarani faqat suratda tariflab beraman Sizga.





Yana yo'lga chiqdik. SHu hikoyani yozgunimgacha 4300 km masofani bosib o'tibmiz. Ayni paytda Levandovskining restoran muzeyiga yo'l oldik. Varshavada unga atab yasagan o'yma suvenirim bor. Balki restoran vakillari unga berib qo'yarlar.

Yo'llardagi vaqtlarimiz reja asosida ketyapti. Ertaga kechgacha Leypcig shahriga etib olishimiz va ertasi kuni "fan zona"da Niderlandiya - Franciya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni ko'rishimiz kerak.


Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell



Rejaga o'zgartirish kiritishga majbur bo'ldik. CHunki Polshani aylanmasdan tark etish xatoligini, u erdagi manzaralarni ko'rib amin bo'ldim. Polsha joylashgan hududidan kelib chiqib Belarus kabi ikkinchi jahon urushida muhim rol o'ynagan nuqtalardan bittasi bo'lgan. Markaziy hiyobonni mazza qilib aylandik. O'zbek do'ppisini, hiyobon o'rtasida qo'shiq kuylab turgan yigitga taqdim qildik. Bizning bayroq bilan bezatilgan mashinamizni ko'rib qolgan andijonlik hamyurtimiz to'xtash mumkin bo'lmagan hududga mashinasini qo'ygani uchun 200 $ ga azo bo'ldilar. Policiya bir zumda kelib jarima yozib ketdi. SHundan keyin biz Levandovskining restoraniga yo'l oldik. U erda katta ekranlar qo'yilgan bo'lib, koshona Varshavaning eng qimmat restoranlari qatorida turarkan. Afsuski o'ymakorlarimiz tomonidan yasab berilgan sovg'ani menedjer qabul qilmadi, sababi oddiy, bu erda faqat "Leva"ning o'zi qo'lga kiritgan yutuqlar turishi mumkin ekan. Agar hammadan sovg'a olinaversa, unda xo'rrandalarga joy qolmas ekan.





Biz Germaniya tomon yo'lga chiqdik, yo'lda bizni policiya ushladi...

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика