So’nggi yangiliklar

13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   2 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2

Aleksandr Xomyakov: "Samvel Babayanning qaytishi o'zbek futbolining foydasiga ishlaydi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Samvel Babayanning qaytishi o'zbek futbolining foydasiga ishlaydi"

Superliganing 8-turi doirasida qoldirilgan "Nasaf" - "Mashal" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bizni nimalar kutib turganini yaxshi bilardik. Malum bir vaqt davomida shunga tayyorlandik. Yigitlarga etiroz yo'q. Ular o'yin oldidan berilgan ko'rsatmalarni keragidan ortiq bajarishga harakat qilishdi. Ha, o'yinimiz o'xshamadi. Yaxshiroq o'ynashni, hujumda yanada xavfliroq bo'lishni istagandik. Ushbu raqib bilan yaxshi o'yin namoyish qildik deb hisoblayman. Endi faqat oldinga intilish kerak.

- "Nasaf" bugun kutilganidan ko'ra zaifroq o'ynadi va markazni ko'p bora ochib berdi. "Mashal" esa bundan foydalana olmadi.
- Ha, omadimiz kelmadi. O'yindan oldin qaysi zonalar ochiq bo'lishini yaxshi bilardik. Hujumda unchalik yorqin o'ynadik deya olmayman, raqibni biroz oyog'idan tortib turdik. Ammo himoyadan hujumga o'tishda anchagina qiynaldik. Vaziyatlardan foydalanishda esa bizga sovuqqonlik etishmadi.

- Transferlar oynasi ochildi. "Mashal"ning rejalari qanday?
- Bu borada o'ylayapmiz. Jamoani kuchaytirish kerak. Ochkolar jamg'ara olmayapmiz. Holatdan chiqib ketishni istaymiz.

- Samvel Babayanning qaytishi haqida gapirsangiz.
- Bu savol menga emas. Umuman olganda qaysi jamoada ishlashi kutilmoqda? "Navbahor". Fikrimcha, Samvel Babayan kuchli mutaxassis, uning qaytishi o'zbek futbolining foydasiga ishlaydi. O'zbek futboli uchun u katta inson, yuqori avtoritetga ega mutaxassis. Qaerga borsa ham tezda ishiga ko'nikib ketadi.

- "Mashal" davrani qizil zonada yakunlamoqda. Bu holatdan chiqib ketish uchun davralar oralig'ida sizda qanday rejalar bor?
- Albatta bor. Balki biz o'ylaganlarimizning barchasi ham amalga oshmas. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashish ham oson emas. Aytyapmanku, xohishlar imkoniyatlarga teng kela olmasligi mumkin. O'zimizning kuchimizga qarab jamoani kuchaytirishga harakat qilamiz.

- "Mashal"da bir qancha vaqt o'ynab, jamoadan ketgan futbolchilar o'zini ko'rsata oladi. Hozir esa ayrimlari jamoaga qaytdi. Xo'sh, jamoa shu vaqt ichida nima yo'qotdi?
- Bu haqida gapirish juda qiyin. Balki bu vaqt ichida etirozlar o'zgargandir. Umuman olganda bu vaqt ichida nafaqat futbol, balki, hayot ham o'zgaradi. Fikrimcha, jamoaning tipi o'zgardi, jamoaning jangovarligi yo'qoldi. Oldinlari jamoa agressiv o'yin ko'rsatardi. Hozir esa akademik o'ynamoqda. Professionallar ko'paydi. Yutdi, yaxshi. Endi fikr navbatdagi o'yin haqida o'ylash kerak. Qachonki jangovar it o'z hususiyatini yo'qotsa, jangovar it hisoblanmaydi. Fikrim shunday.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика