Aleksandr Volkov: “Al-Jaish” – “Bunyodkor” bahsini finalga qiyoslagan bo'lardim”
22 apr 2014 20:44
Yangiliklar
Aleksandr Volkov: “Al-Jaish” – “Bunyodkor” bahsini finalga qiyoslagan bo'lardim”
“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ishtirok etishdi.
- Qatar mamlakatida bo'lgan do'stlarim menga bu yurt haqida ko'plab iliq fikrlarni bildirishgan edi. Qatar aholisining mehmondo'stligi qanday ekanligini ularning bizga ko'rsatayotgan etibori va yaratib bergan sharoitlaridan ko'rib turibmiz. O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, “Al-Jaish” – “Bunyodkor” bahsini finalga qiyoslagan bo'lardim. G'olib kurashni davom ettiradi, mag'lub turnirni tark etadi. Bunday masuliyatli o'yinga biz tayyormiz. “Al-Jaish” tarkibida tasnifi yuqori bo'lgan futbolchilar jamlanishgan. Raqibni malakali mutaxassislar boshqarishmoqda. Bunday yuksak klub bizga qarshi durang natijani ko'zlab o'ynamasa kerak. Ular albatta g'alaba uchun to'p tepishadi. Biz ham faqat va faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Bu esa juda chiroyli va tomoshabop o'yin degani. O'ylaymanki, ertaga har ikkala jamoa azolari ishqibozlar uchun ajoyib futbol spektakli namoyish etib berishadi. Jamoamizda betob va jarohatlangan o'yinchilar bor. Lekin shunga qarmasdan, futbolchilarimiz “Al-Jaish”ga qarshi bahsning qadri qanchalik baland ekanligini his qilib turishibdi, - deydi Aleksandr Gennadevich.
Fikrlar