

2012 yil butsalarini mixga ilib, murabbiylik faoliyatini boshlagan sobiq himoyachining murabbiylikdagi dastlabki ish joyi Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi bo'ldi. Yosh mutaxassis 2013 yilgi mavsumda klubga bosh murabbiylik qildi. Mavsum yakunlangach iste'foga chiqqan Aleksandr Sultanovich ma'lum muddat yurtimizda bolalar bilan ishladi. 2015 yilning kuz oyida Rossiya federatsiyasining Krasnodar shahriga yashash uchun ko'chib ketgan Tokov shu kunlarda yana bolalar futbolidagi faoliyatini davom ettira boshladi. Aniqrog'i, "Krasnodar" futbol klubi akademiyasida tahsil olayotgan bolalarga millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rgatmoqda. Bu haqida uning o'zi bizga ma'lum qildi. Biz sobiq hamyurtimizning murabbiylik faoliyatiga omad tilab qolamiz.






