Aleksandr Tokov: "Yigitlarga nimadir yetishmadi"

Narzulla Saydullayev
24 avg 2013, 20:18
Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda Nukusning "Orol" jamoasi Toshkentning "Oq-tepa" jamoasini qabul qildi. Qiziqarli kechgan o'yinda tomonlar jangovor durangga imzo chekishdi. Uchrashuv poyoniga etgach, "Oq-tepa" bosh murabbiyi Aleksandr Tokovning fikrlarini tingladik. 

- Aleksandr Sultanovich, bugun jamoangiz safarda durangga imzo chekdi. Umuman o'yin xususida nima deysiz?

- Uchrashuv juda ham shiddatli o'tdi. Stadionga kelgan muxlislarga ham o'yin yoqdi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda raqibga yutqazdik. Ikkinchi taymda esa hisobni tenglashtirishga erishdik. Bugungi bahsda shogirdlarimda xayajon bo'ldi shekilli, ularga bugun nimadir yetishmadi.

"Orol" safida to'p surganlardan menga gol urgan futbolchi, Miras Qarliboevning harakatlari maqul keldi.

Raqibimizning keyingi o'yinlarida ham omad tilayman. 

 

Adilbay Allaniyazov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia