So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  5 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Aleksandr Onika: “Hozirgi o'rnimiz bizga mos emasligini, ikkinchi davrada isbotlamoqchimiz” Yangiliklar

Aleksandr Onika: “Hozirgi o'rnimiz bizga mos emasligini, ikkinchi davrada isbotlamoqchimiz”

CHempionatimizda birinchi davra bahslari yakunlab jamoalari yozgi tatilga chiqdi. Mavsumni omadsiz boshlagan “Neftchi” klubi davra oxirlarini yaxshiroq o'tkazib bir nechta ochkolarni qo'lga kiritdi.
Andijonda o'tgan vodiy derbisida “Neftchi”ning moldaviyalik legioneri Aleksandr Onika ham gol urib jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Bu yil farg'onaliklar o'z safiga qo'shib olgan legionerlar orasida Onika yomon o'yin ko'rsatmayapti.

Jamoaga qisqa muddatli tanaffus elon qilingani bois moldaviyalik futbolchi yurtida dam olib keladi. Uyiga ketish oldidan Onika bilan suhbatlashdik.

- “Andijon” bilan o'yindan so'ng bizga 10 kunlik tatil berishdi, - deb so'zini boshladi moldaviyalik futbolchi.

- Bundan unumli foydalanib uyda, oilam davrasida dam olib qaytaman. 2 iyul kuni klub qarorgohiga yig'ilib tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Vodiy derbisida “Andijon”ni mag'lubiyatga uchratdinglar. O'yin to'g'risida fikringiz qanday?

- Birinchi bo'lim biz uchun og'ir o'tdi. Negadir o'yinimiz qovushmadi. Balki havo issiq bo'lgani uchun harakatlanishimiz qiyin kechgandir. Buning natijasida darvozamizdan to'p ham o'tkazib yubordik. Ammo ikkinchi taymda maydonga boshqacha ruhda tushib vaziyatni o'zgartira oldik. Tarkibdagi o'zgarishlar o'zini oqladi va mezbonlar darvozasiga birin ketin uchta gol urdik. Muhimi g'alaba qozonib 3ochkoni qo'lga kiritdik. Albatta, gol urib ushbu muvaffqiyatga hissa qo'shganimdan xursandman.

- Tanaffus chog'ida murabbiy sizlar bilan jiddiy gaplashdimi? CHunki ikkinchi bo'limda umuman boshqacha harakat qildinglar.

- Murabbiyimiz echinish xonasiga kirib odatdagidek ko'rsatmalarni berdi. Maydonga chiqib oxirigacha kurashishimiz kerakligi aytdi. Ikkinchi taymda buni ortig'i bilan bajarib yutuqqa erishdik. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng ikki va uchinchi gollarni ham qisqa vaqt oralig'ida kiritdik. Ikkinchi bo'limda mezbonlardan kuchli ekanligimizni namoyish etdik.

- Mavsumning birinchi qismi nihoyasiga etdi. Umumiy taassurotlaringiz qanday?


- Birinchi davrani juda yaxshi o'tkazdik deya olmayman. CHempionat boshida natijalarimiz ijobiy bo'lmadi. Bir nechta o'yinlarda yutqazdik, hatto uyimizda ham durang qayd etib ochkolarni boy berdik. Boshida omadimiz umuman kelmadi. Keyinchalik o'yin taktikamizni o'zgartirdik. Bu o'z samarasini berdi va birinchi davra oxirlarini yaxshiroq o'tkazdik. Yangi jamoa bo'lgani uchun boshida futbolchilarni bir-birlarini tushunishlari qiyinroq kechdi. Vaqt o'tgan sari hammasi joyiga tushdi. SHunga qaramay, aytishim mumkinki birinchi davrada ko'p ochkolarni boy berdik.

- Murabbiylar shtabida Andrey Fyodorovni ish boshlashi jamoa o'yiniga qay darajada ijobiy tasir qildi deb o'ylaysiz?


- Fyodorovni qanday futbolchi bo'lganini juda yaxshi bilaman. U “Rubin”da uzoq yillar muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Fyodorovni nafaqat O'zbekistonda, balki Rossiyada ham ancha taniqli inson deb bilaman va hurmat qilaman. Andrey Vitalevichni murabbiylar shtabiga qo'shilishi albatta jamoamiz uchun foydali bo'ldi. Fyodorov yangi g'oyalari bilan jamoaga katta yordam bermoqda. U kelganidan so'ng yutishni hamda ochkolarni qo'lga kiritishni boshladik. Nafaqat Fyodorov, balki murabbiylar shtabida ish boshlagan Sergey Lebedevning ham yordami katta bo'lmoqda.

- Boshida murabbiylar jamoadagi legionerlardan unchalik qoniqish hosil qilishmayotgandi. Ikkinchi davrada ham “Neftchi”da qolasizmi?


- Jamoa bilan mavsum oxirigacha tuzilgan shartnomam bor. SHu bois buni oxirigacha etkazaman. Qolaversa, rahbariyat va murabbiylar ham ishonch bildirishayotganini aytdi. Mening ham maqsadim “Neftchi”ga yordam berib, jamoani yuqori o'rinlarga olib chiqishdir. Buning uchun bizda imkoniyat bor.

- Demak, ikkinchi davrada “Neftchi” umuman boshqacha o'yin ko'rsatadi. SHundaymi?


- Ha, birinchi davraga qaraganda mavsumning ikkinchi yarmini yaxshiroq o'tkazamiz deb o'ylayman. Buning uchun oraliq tanaffusda yaxshi tayyorgarlikko'rishimiz lozim. Hozirgi egallab turgan o'rnimiz bizga mos emasligini ikkinchi davrada isbotlamoqchimiz.

- O'tgan mavsumdan beri yurtimizda to'p surib kelyapsiz. Mana chempionatning ham yarmi ortda qoldi. Legioner sifatida o'yinlar shiddati to'g'risida nima deysiz?


- O'tgan yili men “Lokomotiv”da o'ynaganman va hozirgi klubim bilan solishtirish mushkul. “Neftchi”ga kelib hammasini noldan boshladim va o'zimni ko'rsatishga harakat qilyapman. Bu yil menga ko'p jamoalarning kuchi bir xilga o'xshamoqda. Musobaqa jadvaliga qaraydigan bo'lsak ham jamoalar orasida farq u qadar katta emasligini ko'rishimiz mumkin. Misol uchun kimdir g'alaba qozonsa, birdaniga yuqoriga ko'tariladi. Mag'lubiyatga uchrasa bir necha pog'ona pastlashi mumkin. SHunday holatlarga guvohi bo'lyapmiz. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalarga ham oson bo'lmayapti.

- 22 iyun kuni Aleksandr SHadrinni vafot etgani to'g'risida tarqalgan noxush xabar sizni ham befarq qoldirmagan bo'lsa kerak. O'tgan yili u bilan “Lokomotiv”da birga o'ynagandingiz...

- Albatta, yakshanba kuni buni eshitib men ham qattiq larzaga tushdim. Bunga umuman ishongim kelmaydi. 26 yoshda hayotdan ko'z yumushi juda qayg'ulidir. SHadrin ajoyib yigit edi. U bilan o'tgan yili yarim mavsum bitta jamoada bo'ldim. Sasha xushchaqchaq va samimiy yigit edi. Qolaversa, mohir hujumchi edi. Endi uning oilasiga sabr-toqat tilayman. Nima bo'lganda ham hayot davom etaveradi.

Boburbek Tursunov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика