Aleksandr Lobanov 200-uchrashuvda maydonga tushdi
06 iyu 2020 20:05
Yangiliklar
Aleksandr Lobanov 200-uchrashuvda maydonga tushdi
Mazkur bahsda "Metallurg" safida Aleksandr Lobanov asosiy tarkibda maydonga tushdi. SHu tariqa darvozabon O'zbekiston chempionatidagi o'zining yubiley 200-uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda championat.asia sayti xabar berdi.
Lobanov 2005-2006 yillar davomida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi safida 25ta o'yinda maydonga tushib 40ta gol o'tkazib yuborgan. 2009 yil "Buxoro" tarkibida 4ta uchrashuvda maydonga tushgan va o'z darvozasidan 12ta gol o'tkazib yuborgan.
2012-2018 yillar davomida Toshkentning "Paxtakor" klubi sharafini himoya qilgan Aleksandr bu jamoa safida O'zbekiston chempionatida 143 marta maydonga tushgan hamda 109ta gol o'tkazib yuborgan.
Lobanov 2019 yildan bunyo "Metallurg" sharafini himoya qilmoqda va bugungi bahs ushbu klub safidagi 28-uchrashuvga aylandi. Bugunga qadar u bekobodliklar safida 27ta gol o'tkazgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar