So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Aleksandr Krestinin: "Bizni vaziyatni o'zgartirish uchun chaqirishgan, buni amalga oshiryapmiz" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Bizni vaziyatni o'zgartirish uchun chaqirishgan, buni amalga oshiryapmiz"

O'zbekiston chempionati 25-turi doirasida "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi va uning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Krestinin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Bunyodkor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Og'ir o'yin o'tkazdik. Mavsum oxirida bu tabiiy hol. CHunki hozir futbolchilarda ham jismoniy, ham ruhiy charchoq to'planib qolgan. 

Professional futbolchi yoki mutaxassis ishiga munosib tarzda yondashadi. Barchamiz ishlashda davom etyapmiz. Buning uchun jamoadagilarga rahmat deyman. Bizda unday muammo yo'q. Oxirgi 5 ta o'yinda faqat bir marta safarda mag'lub bo'ldik. To'rtta o'yindan beri yutqazmayapmiz, yigitlar harakat qilyapti. Jamoa jismonan yaxshi holatda, ular kurashishmoqda. To'g'ri, qaysidir rejalarimiz ish bermoqda, qaerdadir esa nimadir o'xshamayapti, ammo yigitlarga etirozim yo'q.

Bizni vaziyatni o'zgartirish uchun chaqirishgan — buni amalga oshiryapmiz. Jamoaning uslubi o'zgardi, bazi futbolchilarga maydonda boshqa joy topdik. Yangi nomlar, yosh futbolchilarni tarkibga qo'shib boryapmiz. Albatta, bu ishni yarim yilda amalga oshirish juda mushkul. Bu vaziyat uchun ko'rsatayotgan natijalarimizni yaxshi deb hisoblayman. Avval ham natija yomon bo'lmagan, ammo bizni taklif qilayotganda boshqacha ishlashni, hujumkorroq futbol qurishni so'rashgan. Bu esa futbolchilardan yaxshigina energiya talab qiladi. Bu oson emas, o'tgan vaqt davomida kim umuman xatosiz futbol qura olardi? 

Dastlab bugungi o'yinni tahlil qilamiz va keyin derbiga tayyorgarlikni boshlaymiz. "Bunyodkor" va "Paxtakor" to'qnashuvi chempionat bezagi hisoblanadi. Bu bellashuv juda qiziqarli va har ikki jamoa uchun qiyin bo'lishi turgan gap. 

Akademiyani imkon qadar kuzatib boramiz, albatta. Bazi futbolchilarni asosiy jamoa mashg'ulotlarida sinab ko'ramiz. Fursatdan foydalanib, yosh futbolchilarimizni muvaffaqiyat bilan tabriklab qolaman. Balki ular matbuot anjumanini ko'ra olar. Hammasi yaxshi. Nasib qilsa, jahon chempionatidan qaytishsa, ularni albatta, tabriklaymiz.  

Yoshlar o'sib bormoqda, futbol rivojlanyapti. O'zbekistondagi futboli rivojlanishi jihatidan O'rta osiyodagi eng yaxshi mamlakat bo'lib turibdi", - dedi Krestinin.     


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика