So’nggi yangiliklar

16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  1 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  1 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   3 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  15 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  13 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4 09:42“Барселона“ ҳимоячиларидан бири билан шартномани бекор қилишга яқин турибди  1 09:05Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади?   31

Aleksandr Geynrix: "Muxlislarni o'z tabassumim bilan xursand qilaman" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "Muxlislarni o'z tabassumim bilan xursand qilaman"

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix Filippin va Bahraynga qarshi bo'lajak o'yinlarda eng muhimi natija ekanligini aytib o'tdi.


"Bugun nihoyat to'liq tarkib bilan shug'ullandik. Murabbiylarimiz avalgi o'yin uslubimiz, jamoa falsafasini futbolchilarga yana bir bor eslatib o'tishdi. Barcha safda, tarkibdagi hech kimni jarohat bezovta qilayotgani yo'q. Hammasi alo. Bo'lajak o'yinlarda Geynrixning muxlislarga atab qo'ygan sovg'asi? Albatta ishqibozlarni o'z tabassumim bilan xursand etmoqchiman (kuladi). O'ylashimcha, ishqibozlar uchun asosiy sovg'a -  g'alaba. Qo'shimchasiga yurtimizda hozir bayram shukuhi. SHu fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarni Navro'z bayrami bilan tabriklamoqchiman. Bayram kayfiyatida ularga g'alaba va muhim ochkolarni taqdim etsak maqsadga muvofiq bo'lardi. Nafaqat g'alaba, balki muxlislar chiroyli o'yinni ham kutishayotganini bilaman. Lekin bizning xato qilishga haqqimiz yo'q. SHu bois birinchi navbatda natija asosiy planga chiqadi. Ammo muxlislarga chiroyli o'yin orqali g'alabani qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Menimcha, hammasi joyida bo'ladi. Hozirgi sport formam yaxshi darajada. Jismoniy holatimdan shikoyatim yo'q. Asosan zaxiradan maydonga tushayotganimga kelsak, bu taktik yurish. Murabbiy terma jamoada zaxiradan tushib gol urayotganimni aytdi va bu ham yomon emas. Muhimi jamoamiz g'alabasi", - deydi Aleksandr Geynrix.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика