So’nggi yangiliklar

23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  0 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  14 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4

Aleksandr Geynrix: "G'alabani og'ir damni boshidan o'tkazayotgan vatandoshlarimizga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "G'alabani og'ir damni boshidan o'tkazayotgan vatandoshlarimizga bag'ishlaymiz"

Bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Aleksandr Geynrix bilan bog'landik.

"Qatarning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. Bu terma jamoa bilan ko'p yillardan beri to'qnash kelamiz. SHuning uchun ularga qarshi extiyotkor harakat qilishimiz talab etilardi. Qolaversa, guruhimizning qolgan ikkita o'yinida Janubiy Koreya hamda Eron terma jamoalari ochko yo'qotishdi. Bu biz uchun yaxshigina imkoniyat edi.  Toshkentda bo'lib o'tgan o'yindan keyin ko'pchilik Suriyani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratganimizni aytib, tanqid qildi. Bugun suriyaliklar JCHning doimiy ishtirokchilaridan bo'lgan Koreyadan ochko olishdi. Bu guruhimizda kuchsiz terma jamoaning yo'qligini ko'rsatmoqda.

Bugungi g'alaba O'zbekiston uchun juda ham kerak edi. Biz ham qiyin damlarni o'tkazdik. So'nggi kunlarning qanday o'tganini o'zimiz bilamiz. SHuning uchun ham bugun yutmasak bo'lmasdi. Bu esa oson bo'lmadi. Jamoadoshlarimning kayfiyati tushkun holatda edi. SHunday bo'lsada, biz iroda ko'rsata oldik. Oz bo'lsada, yurtdoshlarimizning ko'ngillarini ola bilgan bo'lsak, bundan biz futbolchilar xursandmiz", - deydi Aleksandr Geynrix.

- Negadir O'zbekiston terma jamoasi ikki xil o'yin ko'rsatayapti. Suriyaga qarshi ham, bugun ham ikkinchi bo'limning birinchisidan farqi katta bo'ldi. Nima uchun birinchi bo'limda ham shunday o'ynay olmayapmiz?

- Suriya yopiq jamoa edi. Qatar esa o'z maydonida o'ynagani uchun birinchi bo'limda faollik qildi. Biz o'z paytimizni kutishga majbur bo'ldik. Ikkinchi bo'limga kelib, ular charchab qoldilar va biz uchun oldinga chiqishga fursat kelgandi.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика