So’nggi yangiliklar

14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  0 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1

Aleksandr Geynrix - CSKAdagi xotiralari, Abbos Fayzullaev, MTJ va Jahon chempionati haqida Yangiliklar

Aleksandr Geynrix - CSKAdagi xotiralari, Abbos Fayzullaev, MTJ va Jahon chempionati haqida

O'zbekistonlik futbolchi, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Abbos Fayzullaev endilikda rasman CSKA azosi hisoblanadi.

Sir emaski, "armiyachilar" safida o'z vaqtida bir necha nafar hamyurtlarimiz turli davrlarda to'p tepishngan. Ulardan biri taniqli futbolimiz yulduzi, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Geynrix saytimizga Fayzullaevning CSKAga o'tishiga munosabat bildirdi. 


- 2002 yil "Paxtakor" safida porlab chiqqan Geynrix bir yil o'tib CSKAda paydo bo'ldi. Yangi yil sovg'asini qanday qabul qilgansiz? CSKAdan qanday xotiralar qolgan?

- CSKAdagi vaqtlarimni ulkan tajriba orttirganman. Bu davr katta futbolga kirib kelishimda muhim o'rin tutgan. O'sha vaqtda juda yosh edim. Qanday klubga kelib qolganimni to'liq tushunmasdim. SHuning uchun bo'lsa kerak, tajriba va tezlik etarli bo'lmagan. Kerakli kuchim ham yo'q edi. Semakning maydonda qanday ishlashini ko'rardim. Vagner, Karvalyu bilan mashg'ulotlarda birga ishlab, bazada yashar edik. Yaroshik bilan bir xonada istiqomat qilganmiz. 

- Abbos Fayzullaevning CSKAga o'tishi qanchalik foydali, deb o'ylaysiz? CSKA uning uchun trampolin bo'lishi kimlarga va qanday omillarga bog'liq?

- Abbos CSKAda o'zini ko'rsatishi va otilib chiqishi ko'p omillarga mos kelishi kerak. To'g'ri uning jussasi kichkina. Kuchi etarli emas. Lekin biz yuqori saviyada o'ynagan ko'plab tezkor va kichik futbolchilarni bilamiz. 

- Futbolchi "Paxtakor" bilan mavsum o'rtasida xayrlashdi va Moskva klubiga borib qo'shildi. U vaqtida qaror qabul qildimi yoki hali erta edimi?

- Vaqtlimi yoki yo'q buni Abbos hal qiladi. Agar u o'z kuchiga ishonsa nima uchun yo'q?

- Jahon chempionati qurasi bizga Eron, Turkmaniston, Gongkong/Butan kabi jamoalarni taqdim qildi. Jahon chempionatiga chiqish vaqti keldimi? Terma jamoa haqida sizning fikrlaringiz qiziq?

- O'sha vaqt allaqachon keldi. Muxlislar kutib qolishdi, biz jahon chempionatiga chiqishga majburmiz. Jonimizni tikib bo'lsa ham, chiqishimiz kerak. Muxlislar oldida qarzdormiz. Men Jahon chempionatiga chiqa olmadim va shu sabab muxlislar oldida qarzdorman. Barcha futbol muxlislariga salom yo'llayman va barchaga omad tilayman. Men endi terma  jamoa muxlisi sifatida qo'llab-quvvatlayman. Omad. 

- Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz? Qaysi jamoada faoliyat olib boryapsiz?

- Tez orada barchasini bilib olasiz. 


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика