Aleksandr Ejov: "Oldinga intilishda va ishlashda davom etamiz"
15 iyu 2020 22:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581414_original.jpg)
![](/upload/storage/581414_220.jpg)
Aleksandr Ejov: "Oldinga intilishda va ishlashda davom etamiz"
Pro liga 3-turi doirasida o'tkazilgan "Oq-tepa" va "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Og'ir o'yin bo'ldi. Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Hozir hissiyotda biron gap aytish ham qiyin. Ishlashda va oldinga intilishda davom etamiz. Futbolda harakat qilishdan to'xtamaslik kerak. Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Maydonda haqiqiy kurash va jang kechdi.
Ibrohimni yo'qligi bilindi. Umid qilamizki u tez orada qaytadi. Hozirda jarohatini davolash bilan band. SHuningdek, Jamshidda ham jarohat bor.
Pro ligani translyaciya qilish futbolimizda oldinga tashlangan qadamlardan biri deb o'ylayman",- deydi Aleksandr Ejov.
Jahongir Fayzullaev yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar