Aleksandr Bubnov: "Rubin" Berdievdan qutilishi kerak
19 dek 2013 23:26
Yangiliklar


Aleksandr Bubnov: "Rubin" Berdievdan qutilishi kerak
Mashhur ekspert Aleksandr Bubnov "Rubin"ni jamoa bosh murabbiyi Qurbon Berdievni o'z vazifasidan ozod etish kerak degan fikrni ilgari surdi.
- "Rubin"ning muammosi shundaki, u erda professional menejement yo'lga qo'yilmagan. Jamoa anchadan beri muammo girdobida qolib kelyapti. Klub to'liqligicha Berdiev boshqaruvida. Fojea shundaki, barcha moliyaviy ishlar aynan u orqali amalga oshirilar edi. Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Jamoada jiddiy tekshiruv olib borish kerak. Ish shahar prezidentigacha etib borganligini inobatga olsak, ish jiddiy ko'rinadi. Klubdagi barcha ishlarni qayta qurish lozim, boisi ularning barchasi Berdiev tomonidan barpo etilgan. Uning o'zidan esa klub qutilishi kerak.

Fikrlar