Aleks Fergyuson VAR haqida: "Bu falokat. Aql bovar qilmaydi"
05 jan 2021 17:37
Yangiliklar


Aleks Fergyuson VAR haqida: "Bu falokat. Aql bovar qilmaydi"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson VAR tizimining ishini tanqid qildi.
"Bu falokat. Aql bovar qilmaydi. O'tgan hafta "Lids" va "Byornli" o'rtasidagi o'yinni tomosha qildim. "Byornli"ning goli "Lids" darvozaboni ularning o'yinchisiga qo'pollik ishlatgan epizodda bekor qilindi. Aql bovar qilmaydi", - dedi Fergyuson.
"Byornli" APL 15-turi doirasida "Lids"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahsdagi yagona golni 5-daqiqada Patrik Bemford penaltidan kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar