So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Alberto Zakkeroni: "O'zbekistonga qarshi o'yinda yangi g'oya va taktikalardan foydalanamiz" Yangiliklar

Alberto Zakkeroni: "O'zbekistonga qarshi o'yinda yangi g'oya va taktikalardan foydalanamiz"

Teglar :  Alberto Zakkeroni
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Alberto Zakkeroni O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida yangi taktikalardan foydalanib ko'rmoqchi.

Bu haqda mutaxassis gulfnews.com saytiga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"Gaitiga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinida faqat 25-daqiqadan so'ng vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldik. O'zbekistonga qarshi o'yinda yangi g'oya va taktikalardan foydalanamiz. Yaxshi formada bo'lish va chiroyli o'yin ko'rsatishimiz uchun vaqt kerak. To'g'ri, hamma tezda natija bo'lishini istaydi, biroq natijaga tez erishib bo'lmaydi.
Bu o'rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilar bor etiborini faqat o'yinga qaratishi kerak. Agar diqqatni bir joyga to'plab harakat qilishsa, bundanda yaxshiroq futbol namoyish etishlari mumkin.
Jarohatlar - sportning bir qismi va bunga qarshi hech narsa qila olmaymiz, biroq Osiyo Kubogigacha bizda etarlicha futbolchi bo'ladi. Maqsadimiz hujum va himoyada yaxshi harakat qiladigan kuchli jamoa tuzish. Jamoaga yangi futbolchilarni chaqirishga intilamiz. Turnirlar yaqinlashsa haqiqiy kuchimizni ko'rasiz" - deydi Alberto Zakkeroni.

Eslatib o'tamiz, BAA hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика