Alba o'z haqidagi noto'g'ri malumot uchun OAVni tanqid qildi
25 fev 2016 10:28
Yangiliklar


Alba o'z haqidagi noto'g'ri malumot uchun OAVni tanqid qildi
"Barselona" himoyachisi Xorda Alba o'zi haqida noto'g'ri malumot tarqatgan bazi OAVni tanqid qildi.
"Malum bo'lishicha, menga sariq kartochka ko'rsatishgan ekan. Bu haqda bazi gazetalarni o'qib bildim. Yoki men bu o'yinda bo'lmaganman yoki o'sha OAV boshqa uchrashuvni tomosha qilishgan. "Arsenal"ga qarshi bahsda sariq kartochka olmadim. Avvaliga malumot to'g'ri yoki noto'g'riligini tekshirib, keyin uni tarqatish lozim" - deydi Alba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar