So’nggi yangiliklar

17:46Суперлига. "Андижон" - "Сўғдиёна" учрашуви учун асосий таркиблар маълум бўлди  8 17:31Куртуа қайтди. "Реал" асосий таркиби эълон қилинди  2 17:06Рюдигер Роналдуни "Реал"нинг энг буюк футболчиси деб атади. Криштиану тезда "коммент" ёзди  8 16:45Мартино Ди Мариянинг "Интер Майами"га ўтиши ҳақидаги миш-мишларга фикр билдирди  0 16:30"Арсенал" - "Борнмут"  1 15:53Финалдаги ҳиссиётлар. Япония - Ўзбекистон ўйинидаги суратлар жамланмаси  4 15:24Суперлиганинг 6-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:19АПЛда "Олтин қўлқоп" кимга насиб этиши маълум бўлди  6 14:43"Бавария" Эрик тен Хаг номзодини кўриб чиқяпти  9 14:14Кассано: "Аллегрини матбуотда 4-5 нафар дўсти бор, улар мураббий айтганини ёзади"  0 13:42Ҳеч нарса қилмаган одам хатога йўл қўймайди  23 13:21Ройсга МЛС клублари қизиқиш билдирмоқда, аммо...  3 13:13U-23 Осиё Кубоги. Финалдан кейинги кадрлар ва тақдирлаш маросими ГАЛЕРЕЯ  12 12:51"Реал" бугун чемпион бўлиши мумкин, агар...  0 12:02Тарихий натижага эришган Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Тошкентда тантанали тарзда кутиб олинди   24

"Alaniya" murabbiyi Gogniev - Jaloliddinov, SHomurodov va Mirjalol Qosimov haqida Yangiliklar

"Alaniya" murabbiyi Gogniev - Jaloliddinov, SHomurodov va Mirjalol Qosimov haqida

Championat.asia sayti qiziqarli intervyularni etiboringizga havola qilishda davom etadi.

Xabaringiz bor, kecha Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi Bosniya va Gercogovinaning "Borac" klubiga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuvni kuzatish uchun arenaga bir qancha mehmonlar, futbol murabbiylari, OAV tashrif buyurishdi. Ularning orasida Vladikavkazning "Alaniya" klubi bosh murabbiyi Spartak Gogniev ham borligi etiborimizni tortdi. futbolchilik faoliyatida shu jamoada to'p tepgan rossiyalik mutaxassis ayni paytda boshchilik rolini bajarmoqda. 

- Spartak Arturovich sizni uchratganimizdan shodmiz. Etibor berib qaradik, uchrashuvni diqqat bilan kuzatdingiz. O'yin surati qanday taassurot qoldirdi?

- Ko'rinib turibdi, jamoalar mashg'ulotlarda og'ir yuklamalar olishgan. "Qayrat"ning raqibi tarkibida baquvvat, jismoniy tomondan o'ta baquvvat futbolchilar bor. Birinchi taym menga yoqdi. Ikkinchi bo'limda "Qayrat" o'ziga keldi va gol urdi. 

- Sinchkovlik bilan ko'rib o'tirganingizni hisobga olganda, balki qaysidir futbolchi etiboringizni tortgandir?

- "Qayrat" safidagi himoyachining harakatlari chakki emas. O'yinni o'ziga olishga harakat qilmoqda. Umuman olganda, yaxshi o'yin ko'rdik. 

- Bugungi kunda "Qayrat" azosiga aylangan o'zbekistonlik Jasur Jaloliddinovga "Alaniya" klubi jiddiy qiziqish bildirgan ekan. Mutaxassis sifatida unda qanday sifatlarni ko'rdingiz?

- Jasurga qiziqdik. Futbolchi ajoyib texnikaga ega. Tezlik, tez qaror qabul qilish, paslar barchasi jamuljam. SHunday bo'ldiki, uni qo'lga kirita olmadik. 

- Qaysidir manoda Qozog'iston klubiga o'tgani to'g'ri qaror bo'lishi mumkin, deb o'ylaymiz. CHunki u legioner sifatida ilk bor Moskvaning "Lokomotiv" klubiga borganda juda qiyinchiliklarga duch keldi...

- "Lokomotiv" Rossiyaning top-jamoasi. Kuchli futbolchilar yig'ilgan klubda raqobat ham shunga yarasha. Menimcha, hamma ko'rdi, Jasur uchun jismoniy taraflama qiyin bo'ldi. Moskvaliklar tarkibiga kelib darhol o'ynab ketish oson emas.  Jamoa esa uni formaga kirib olishini kutmaydi. Jasurga omad tilayman. 

- Yaqqol sezilyaptiki, o'zbekistonlik futbolchilar haqida etarli malumotlarga egasiz. Sizdan yana bir futbolchimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev haqida so'ramoqchimiz. "Nijniy Novgorod" uning uchun qanchalik tramplin bo'la oladi?

- Qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshevga og'iz solib ko'rgan edik. Ammo ayni pallada u boshqa jamoada. Ushbu futbolchi ko'proq hujumkor uslubga moslashgan. Oldingi chiziqda imkoniyatlari keng. "Nijniy Novgorod"da esa yopiq, himoyaviy o'yin yo'lga qo'yilgan. Mening fikrimcha, bor imkoniyatini ko'rsata olmaydi. Rossiya orqali Italiyaga ketgan Eldor SHomurodovda hujumchiga hos barcha sifatlar bor. Bunday hujumchilar juda kam. "Roma"da zaxirada qolayotganini bir tomondan to'g'ri tushunish kerak. U oddiy jamoada o'ynayotgani yo'q. Futbolchi gohida zaxirada qoladi. Umid qilamanki, Eldor moslashuv jarayonidan to'g'ri o'tib oladi. Uning kelajagi hali oldinda. 

- "Alaniya" Vladikavkaz haqida gap borar ekan, Mirjalol Qosimovni eslamasdan ilojimiz yo'q. Valeriy Gazzaev qo'l ostida u ajoyib o'yinlari bilan mahalliy muxlislar mehrini qozona oldi. Qosimov vladikavkazliklar uchun qanday shaxs hisoblanadi?

- Mirjalol Qosimovni Vladikavkazda hali ham eslab turishadi. U bizning kumirimiz edi. Faqat ijobiy fikrlar bildirishim mumkin. U to'p tepgan paytda men yosh bola edim. O'yinlarini, standartlardagi qoyilmaqom ijrosini, maydon markazidagi o'tkir paslarini, ochig'i, so'z bilan tariflash qiyin. U hozir murabbiylik qilmoqda. Qosimov bilan o'tgan yili Turkiyadagi yig'in paytida ko'rishdik. Saytingiz orqali o'zimni salomimni yo'llamoqchiman.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика