Alan Zagoev Greciya klubi bilan kelishib oldi
28 sen 2023 15:05
Yangiliklar
Alan Zagoev Greciya klubi bilan kelishib oldi
CSKA, "Rubin" va Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Alan Zagoev faoliyatini Greciyaning "Lamiya" jamoasida davom ettiradi.
Bu haqda euro-football.ru sayti xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi klub bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan va u 28-sentyabr, payshanba kuni Greciyaga etib borishi kerak.
Zagoev 2023 yilning iyulidan buyon erkin agent hisoblanadi. Xavbek 2022/23 yilgi mavsum "Rubin" safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Lamiya" 6 ta uchrashuvda 6 ochko jamg'argan holda Greciya chempionati musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Ushbu jamoada 2010 yildan 2017 yilgacha Zagoev bilan CSKAda o'ynagan yarim himoyachi Zoran Toshich o'ynaydi.
Avvalroq Jaloliddin Masharipov Greciyaning "Panserraikos" jamoasiga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar