SSKA selekcioner-murabbiy Abbosbek Fayzullaevni Ispaniyaning qaysi jamoasida o'ynab ketishini aytdi

Khoja
8 avg 2024, 08:21
SSKA selekcioner-murabbiyi Alan Zagoev Abbos Fayzullaevning Real Sosedad darajasidagi klubga o'tishi kerakligini aytdi.

- SSKA selekcionerlari qaysi hududlarni kuzatishadi? 

- Hamma joyga qaraymiz - Urugvay, Braziliya, Chili, Meksika. Masalan, men Misrga borib, u yerdagi futbolchilarni kuzatib keldim. Marokashliklar bor. Eronliklar ham. Hamma joyda qobiliyatli yigitlar bo'lishi mumkin.

Hozir o'zbeklarda yaxshi avlod yetishib chiqdi. May oyida ular U-23 Osiyo Kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o'ynashdi. Men o'sha bahsni tomosha qilganman. Umuman olganda, menga ikki-uch yigitning o'yini yoqdi.

- O'zbeklar haqida gapirdingiz. Fayzullaev qishda yoki keyingi yozda Yevropaning top-klubiga ketsa, hayron qolmaysizmi?

- Hayron bo'lmasdim.

- Qanday darajadagi klubga? 

- Barselonaga emas, beshinchi yoki oltinchi o'rindagi klubga.

- Real Sosedadgami?

- Ha. Agar Abbos hozirgidek o'ynashda davom etsa, bir-ikki yildan keyin uni SSKAda ko'rmasligimiz mumkin, - dedi hozirda SSKAda selekcioner-murabbiy bo'lib ishlayotgan sobiq yarimhimoyachi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru