

Ayni damda Yevropa Ligasining 1/4 finali doirasida javob uchrashuvlari davom etmoqda. SSKA o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qilib, 2:0 hisobida oldinda bormoqda. Uchrashuvning birinchi bo'limi oxirida SSKA yarim himoyachisi Alan Zagoev jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Zagoevning salomatligi haqida ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinishi kutilmoqda.



