Alan SHirer: "Agar Messi Qatarda g'alaba qozonsa…"
17 dek 2022 16:15
Yangiliklar


Alan SHirer: "Agar Messi Qatarda g'alaba qozonsa…"
Angliya terma jamoasi sobiq sardori Alan SHirer kimni barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi, deb hisoblashini aytib o'tdi.
Ingliz afsonasining so'zlariga ko'ra, u 1986 yilda Meksikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatidagi g'alabasidan kelib chiqib, uzoq vaqtdan buyon Leo Messining vatandoshi Maradonani barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi, deb hisoblashini aytib o'tdi. SHirerning BBC'ga bergan intervyusida: "Agar Messi Qatardagi mundialda g'alaba qozonsa, mening fikrim o'zgarishi mumkin", dedi.
Kopa Amerika tituli, Olimpiada oltin medali va klublar miqyosida 34 ta sovrinni qo'lga kiritgan 7 karra "Oltin to'p" sohibi Lionel Messi Jahon chempionatida g'olib chiqsa, terma jamoasini ushbu sovringa etaklagan buyuk futbolchilar qatoriga kiradi. Buning uchun esa 18 dekabrda dahshatli Franciyani engish talab etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar