So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

“Al-Jayish” navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

“Al-Jayish” navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi

"Nasaf"ning OCHL pley-offidagai raqibi - Qatarning "Al Jayish" jamoasiga yangi tunislik murabbiy kelgach, QYULsining keyingi uch turida ketma-ket g'alabani qo'lga kiritdi.
31 yanvar kuni o'tkazilgan navbatdagi turda “Al-Jayish” klubi safarda "Al Vakra"ni yirik 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvdagi gollarga "Al Jaish"ning braziliyalik yangi legioneri 9-raqamdagi Nilmar Da Silva (suratda) debyut o'yinidayoq "dubl"ga erishgan bo'lsa, Muhammad Jido va franciyalik 10-raqamdagi o'yinchisi Kembo Ekokolar bittadan gol kiritishdi.

Klubning bugungi tarqatgan xabarlariga ko'ra nigeriyalik Kale Uchega javob berildi, u  jamoani tark etgan. Kale Uche endi “Ar-Rayyan” jamoasining sharafini himoya qiladi.

"Al Vakra" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda maydonga yana bir braziliyalik hujumchi 20-raqamdagi Vagner Ribeyro va jamoaning hujumchisi Muhammad Muntarilar maydonga tushirilmadi, bu haqda murabbiy ularning tayyorgarlik mashqlarining birida jarohat olganligi tufayli hamda ushbu o'yinda boshqa taktika qo'llagani uchun maydonga tushirilmaganini takidlab o'tgan.

QYULsining 18 turi ortda qoldi. “Al-Jayish” jamoasi bitta o'yin ko'p o'tkazgan holda hozir 33 ochko to'plab, turnir jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. Turnir jadvalini esa “Laxviya” klubi 40 ochko bilan boshqarib bormoqda.

“Al-Jayish” jamoasi navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida 4 fevral kuni OCHL-2014 pley off uchrashuvidan oldin “Muayzer” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, pley off uchrashuvi 8 fevral shanba kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика