“Al Jaish”ning Anvar G'ofurov bo'yicha yozgan shikoyatida jon bormi?
27 apr 2014 16:29
Yangiliklar
“Al Jaish”ning Anvar G'ofurov bo'yicha yozgan shikoyatida jon bormi?
Qatarning “Al Jaish” klubi “Bunyodkor” bilan o'yindan keyin Toshkent jamoasi ustidan OFKga arz qilib shikoyat xati yozdi.
Bu haqda “Al Jaish” rasmiy saytida arab tilida malumot chiqdi. “Al Jaish” klubi vakillarining fikricha, “Bunyodkor” safida Anvar G'ofurovning to'p surishini to'g'ri ish bo'lmagan. CHunki futbolchi bu yilgi OCHLda ikkita klubda o'ynagan bo'lib chiqyapti. Yaxshi bilasiz, G'ofurov OCHL pley-off o'yinida “Lokomotiv” safida ham to'p tepdi. Keyin “Bunyodkor”ga qaytib guruh bosqichi bellashuvlarida ham ishtirok etdi. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, “Al Jaish”ning shikoyat xatida jon bormi? Keling, shu masalani bir mulohaza qilib ko'rsak.
Gapni “Loko”dan boshlaymiz. “Lokomotiv” 9 fevral kuni Toshkentda OCHL pley-off bosqichidan o'rin olgan bahsda “Quvayt SK” bilan bahs olib borib, 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi va birinchi urinishdayoq musobaqani tark etdi. Ushbu uchrashuvda jamoaning yangi futbolchisi Anvar G'ofurov ham qatnashib, u 6-raqamda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. “Loko” musobaqani tark etganidan so'ng oradan biroz vaqt o'tgach, avvalgi bosh murabbiy Hakim Fuzaylov ham egallab turgan lavozimidan chetlatildi Keyin esa jamoa boshqaruvini Vadim Abramov qo'lga oldi. Abramov kelgach, Anvar G'ofurovning o'yini murabbiyga yoqmagan chog'i futbolchining ketishiga yo'l qo'yib berdi va G'ofurov yana “Bunyodkor”ga qaytib keldi.
25 fevral kuni “Bunyodkor” OCHLdagi ishtirokini boshladi va safarda “Al Fath” bilan durang o'ynadi. Bu o'yinda Anvar G'ofurov uchrashuv qaydnomasiga zaxira futbolchisi sifatida kiritildi, biroq maydonga tushmadi. Toshkentda bo'lib o'tgan “Al Jaish” bilan kechgan uchrashuvda ham G'ofurov zaxiradan o'rin oldi. Faqat “Fulad”ga qarshi 3-tur bellashuvdagina birinchi bor maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi. G'ofurov shuningdek, Doxadagi oxirgi tur o'yinida ham maydonga tushdi.
Ana endi masalaning asl mohiyatiga etibor qaratamiz. Himoyachi Anvar G'ofurov Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichida boshqa, guruh o'yinlarida boshqa klub safida to'p tepgan bo'lib chiqyapti. Xo'sh, bu holat OCHL reglamentiga mos keladimi? Reglamentning 34-moddasi to'laligicha futbolchilarning qaydnomadan o'tkazish tartibiga bag'ishlangan bo'lib, bu borada shunday jumlalar bor:
- Futbolchi har qanday vaqtda ham faqat bitta klub safida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi (shartnomaga ega bo'lishi) va o'ynashi shart. Futbolchi bir klub bilan amalda shartnomasi bo'la turib, boshqa klub tarkibida o'ynay olmaydi.
- Agar futbolchi registraciya paytida bir vaqtning o'zida ikkita klub tarkibida ro'yxatdan o'tgan yoki bo'lmasa o'ynagan bo'lsa, unda o'sha klubga nisbatan jazo choralari ko'riladi: o'yin natijasi bekor qilinib, texnik mag'lubiyat yoziladi.
Umaman olganda, OCHL reglamentida bir futbolchining bir mavsumdagi musobaqa paytida ikkita klubda o'ynashi mumkin emas degan joyi yo'q. Gap shundaki, Anvar G'ofurov “Lokomotiv” safida “Quvayt SK”ga qarshi maydonga tushganidan so'ng (“Loko” yutqazib turnirdan chiqib ketdi), oradan ko'p o'tmay klubda bosh murabbiy o'zgarishi natijasida futbolchi bu jamoa bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib yana “Bunyodkor”ga qaytgan va o'zining oldingi jamoasi bilan yangi shartnoma tuzgan.
Keyin “Bunyodkor” bu haqda OFKga malum qilgan. OFK esa futbolchining OCHL o'yinlarida maydonga tushishiga ruxsat berib, klubga futbolchi zayavkadan o'tkazilganini tasdiqlovchi beyjikni yuborgan. Futbolchi esa mana shu beyjik asosida OCHLda o'ynash huquqiga ega bo'lgan. Bor gap shu. Unday bo'lsa, “Al Jaish” nima sababdan Anvar G'ofurov bo'yicha OFKga murojaat qildi dersiz. Balki, bu alamli mag'lubiyat tufayli bo'lishi mumkin. CHunki “Al Jaish”ning o'z maydonida yutqazib qo'yishini ko'pchilik kutmagandi. O'ylaymizki, OFK Qatar klubining shikoyat xatini o'rganib chiqqani bilan baribir “Bunyodkor” foydasiga qaror qabul qiladi. Negaki G'ofurovning “Bunyodkor” safida maydonga tusha olishiga OFKning o'zi ruxsat bergan, demak tashkilot o'zi chiqargan qarorga o'zi qarshi borib ish ko'rmasa kerak.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar