So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

"Al Vihdat" bosh murabbiyi: "Nasaf" evropacha usulda futbol o'ynaydi" Yangiliklar

"Al Vihdat" bosh murabbiyi: "Nasaf" evropacha usulda futbol o'ynaydi"

OCHL 2-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi bahs oldidan "Al Vihdat" bosh murabbiyi Rard Assaf o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Uchrashuv haqida

Rard Assaf: - Bu guruhdagi ikkinchi o'yinimiz. "Nasaf"ga qarshi bahs juda muhim sanaladi. Bizda kuchli o'yinchilar bor. Maydonda jang qilishga tayyormiz. Guruhdagi ikki o'yin ham durang bilan yakunlangandi. Biz guruhdagi o'yinlarni huddi boshidan boshlayotgandekmiz. Birinchi o'yin har doim qiyin bo'lgan. Dastlabki o'yinda biz bazi qiyinchiliklarga duch keldik. Ammo ikkinchi bo'limda muxlislarimiz qo'llovi bilan barchasini o'z iziga tushirdik. Uch ochko olishni niyat qilgandik. Ammo mag'lubiyatdan ko'ra bir ochko afzalroq.

Ahmad Elias: - O'yin haqida fikr bildirishdan avval, Dammam shahridagi barcha muxlislar, musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'yinga keladigan bo'lsak, biz bu qarama-qarshilikka ajoyib tayyorgarlik ko'rdik. O'ylaymizki, ushbu o'yinda guruhdagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritamiz. 

"Nasaf" haqida

Rard Assaf: - "Nasaf" juda yaxshi shakllangan jamoa. Ular Evropa uslubida o'ynashadi. Ammo biz ularni etarlicha o'rganib chiqdik. O'ylaymanki, o'yin yakunida uch ochkoga ega bo'lamiz. 

Ahmad Elias: - Biz "Nasaf" klubini yaxshi bilamiz. "Nasaf" bilan OFK kubogida avval ham to'qnash kelganmiz. Murabbiy ko'rsatmalariga amal qilgan holda "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratamiz. Bunda muxlislarimiz yordam ham kerak bo'ladi.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика