"Al Vakra" murabbiyining laqabi mashhur komiks qahramoni nomidan olingan
22 avg 2023 00:02
Yangiliklar
"Al Vakra" murabbiyining laqabi mashhur komiks qahramoni nomidan olingan
Mazkur mutaxassis qo'l ostidagi jamoa "Navbahor"ga qarshi maydonga tushadi.
22 avgust kuni Osiyo CHempionlar ligasining saralash bosqichi doirasida "Al Vakra" — "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Qatar jamoasiga hozirda ispaniyalik mutaxassis Tintin Markes Lopes murabbiylik qiladi.
Albatta, ko'pchilikka ushbu nomdagi dastlabki ism g'alati eshitilishi mumkin. Aslida, uning to'liq ism-sharifi Bartolome Markes Lopes bo'lib, Tintin uning taxallusi hisoblanadi. Ushbu laqab unga futbolchilik kezlarida, soch turmagi mashhur komiks qahramoni Tintinga o'xshash bo'lgani uchun berilgan. To'g'ri, hozirda Markes faqatgina bir xil turmak qilish imkoniyatiga ega, biroq unga berilgan nom hamon saqlanib kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Al Vakra" — "Navbahor" uchrashuvi 22 avgust kuni soat 20:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar