“Al-SHabab” mag'lubiyatga uchradi
30 jan 2016 23:54
Yangiliklar
Osiyo CHempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibimiz – Dubayning
“Al-SHabab” klubi ushbu tur doirasida “Fujayra” mehmoni bo'ldi va
mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 61 va 68-daqiqalarida Ahmad Tariq
va Landri Kabi tomonidan kiritilgan gollar “Fujayra” klubiga “Al-SHabab”
ustidan 2:0 hisobidagi g'alaba keltirdi.
BAA chempionati. 16-tur
“FUJAYRA” – “AL-SHABAB” 2:0 (0:0)
Gollar: Ahmad Tariq 61 (1:0), Landri Kabi 68 (2:0)
“Al-SHabab” tarkibi:
18.Salim Abdulla, 3.Muhammad Ali, 4.Muhammad Marzuq, 7.Azizbek
Haydarov, 10.Karles Vilyanueva, 11.Enrike Luvannor, 22.Mani Muhammad,
26.Hassan Ibrohim, 70.Ahmad Sulaymon (25.Mahud Qosim 84), 77.Rashid
Hassan (15.Dovud Ali 64), 99.Junino Potiguar
16-tur natijalaridan keyin “Al-SHabab” 23 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar