"Al-Nassr" Ospina o'rniga darvozabon topdi
22 jan 2023 17:55
Yangiliklar


"Al-Nassr" Ospina o'rniga darvozabon topdi
"Al-Nassr" murabbiylar shtabi jarohat olgan David Ospina o'rniga posbon olib kelyapti.
"Estudiantes", "Boka Xuniors" kabi klublar sharafini himoya qilgan Avgustin Rossi "Al-Nassr" darvozasini qo'riqlaydi. Argentinalik posbon Saudiya Arabistoni klubi bilan 2023 yilning yozigacha bo'lgan shartnomaga imzo chekadi. Keyin u "Flamengo"ga yo'l oladi. Yarim yil ichida Ospina jarohatidan qutilib olishi kerak.
Transfer tez orada rasman elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar